calendar 03 Jun 10:12
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Modi parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ekzit-poll natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, uning "Bharatiya Janata" partiyasi (BJP) parlament saylovlarida ishonchli g‘alaba qozonganini aytdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Ishonch bilan ayta olamanki, Hindiston xalqi rekord faollik ko‘rsatib, BJP hukumatini hokimiyatda qoldirish uchun ovoz berdi”, deydi Bosh vazir.

Narendra Modining so‘zlariga ko‘ra, INDIA muxolifat alyansi “Hindiston saylovchilari qalbiga yo‘l topa olmagan".

NDTV tomonidan taqdim etilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, "Bharatiya Janata" partiyasi 543 o‘ringa ega bo‘lgan parlament quyi palatasida 350 dan ortiq o‘rinni qo‘lga kiritadi. INDIA alyansi, ekzit-poll natijalariga ko‘ra, 120 dan biroz ko‘proq o‘rin olishi mumkin.

Yakuniy natijalar 4 iyun kuni e’lon qilinadi.

Hindistonda parlament saylovlari 19 aprel kuni boshlangan. Ular 1 iyun kuni yakuniga yetdi. Shunday qilib, ovoz berish 44 kun davom etdi. Bu Hindistonda 1947 yildan beri eng uzun saylovlardan biri. Mamlakat tarixidagi faqat birinchi saylovlar bundan uzoqroq davom etgan – 1951 yil oktyabrdan 1952 yil fevraligacha.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
83
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

17 May 21:47
 
457
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

13 May 14:38
 
144
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl