calendar 03 Jun 09:59
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Istanbulda uch qavatli bino qulab tushdi. Jabrlanganlar bor

image

Istanbulda Kuchukchekmeje tumanida uch qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda "Hürriyet Daily News" xabar berdi.

Istanbul gubernatori Dovut Gulga ko‘ra, vayronalar ostidan yetti kishi qutqarib olingan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda, kamida ikki kishi bino vayronalari ostida qolib ketgan.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, bino Kuchukchekmeje tumanidagi Belediye va Gechit ko‘chalari kesishmasida joylashgan. Bino 1988 yilda qurilgan. Uning qulashi sabablari aniqlanmagan.

Uyning qulashi mahalliy vaqt bilan 8:40 atrofida sodir bo‘lgan. Uyning birinchi qavatida ish olib borilgan, yuqori qavatlarda odamlar yashagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
94
0
xs.uz

Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTH uchradi. Qurbonlar bor

Turkiyaning Mugʻla viloyatida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yoʻl transport hodisasi (YTH)ga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana 28 nafar odam tan jarohati olgan. Ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.'Mahalliy aholini bir kunlik sayohatga olib ketayotgan avtobusning Akyaka shahrida tormoz ishlamay qolgan va toʻxtab turgan uchta mashinaga borib urilgan. Keyin yana harakatlanishni

20 Jul 17:30
 
62
0
qalampir.uz

Islom hamkorlik tashkiloti BMT sudining Falastin bo‘yicha qarorini olqishladi

Islom hamkorlik tashkiloti, Falastin va ularning rasmiylari BMT Xalqaro sudining Isroilning Falastin hududini bosib olishi noqonuniy ekanligi va zudlik bilan tugatilishi kerakligi haqidagi sud xulosasini olqishladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.  “BMT sudining  xulosasi adolat va xalqaro qonuniylikning g‘alabasi, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarining tasdig‘idir”, deyiladi IHT bayonotida. Falastin Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni

11 Jul 20:34
 
106
0
qalampir.uz

G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi – Erdo‘g‘an 

G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar, xuddi Srebrenitsadagi singari, sudga tortiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bosniya va Gersegovinaning Srebrenitsa shahrida sodir etilgan genotsidning 29 yilligi munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi. Turkiya rahbari Srebrenitsadagi genotsid insoniyat tarixida qora dog‘ bo‘lib qolganini ta’kidlab, qurbonlarning oila a’zolari va butun Bosniya xalqiga hamdardlik bildirdi.   Erdo‘g‘an o

24 Aug 17:27
 
13
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi