calendar 01 Jun 19:56
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron AQSHning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron G‘azoda garovga olinganlarning ozod etilishini va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni kutayotganini ta’kidlagan holda AQSHning keng qamrovli kelishuv tuzish taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

Fransiya rahbari ikki davlatning tinch-totuv yashashi asosida Falastin-Isroil mojarosini hal qilishda garovga olinganlarning ozod etilishini, tinchlik va taraqqiyotga erishish uchun doimiy o‘t ochish to‘xtatilishi zarurligini aytdi.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Jo Bayden 31 may kuni G‘azo sektori atrofidagi taranglikni bartaraf etish bo‘yicha uch bosqichli rejani taqdim etgandi. AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqich olti hafta davom etadi. U to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni, Isroil qo‘shinlarini G‘azoning barcha aholi punktlaridan olib chiqib ketishni, bir qator garovga olinganlarni, jumladan, ayollar, qariyalar, yaradorlarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi. Olti haftalik sulh davomida Isroil va HAMAS kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Bitimning ikkinchi bosqichi “barcha tirik qolgan garovga olinganlarni, shu jumladan erkak askarlarni ham ozod qilish”, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish va “doimiy o‘t ochishni to‘xtatish”ni o‘z ichiga oladi. 

Kelishuvlarning uchinchi bosqichi G‘azo sektorini rekonstruksiya qilish, shuningdek, barcha halok bo‘lgan HAMAS garovga olinganlarning qoldiqlarini yaqinlariga topshirishni ko‘zda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati joriy yilning 26 may kuni Rafahdagi chodir lagerida o‘nlab falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil mudofaa kuchlarining zarbasi AQSH Prezidenti Jo Baydenning qizil chizig‘ini buzgan yoki yo‘qligini tekshirayotganligi haqida xabar berilgandi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
69
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl