calendar 01 Jun 12:52
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Akasining to‘yida mashinadan pul sochgan yigit 10 sutkaga qamaldi (video)

image

Farg‘ona viloyatida to‘y kortejida avtomobil “lyuk”idan tanasini chiqarib, pul sochgan shaxsga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, holat Beshariq tumanida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, yigit kortejdagi mashinaning lyukidan tanasini chiqarib, soxta pullarni atrofga sochgan va holatni videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruv ishlari Beshariq tuman sudiga oshirildi. Yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  183-moddasi (mayda bezorilik)ga asosan 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Sud davomida ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi.

“Akamning to‘yida kortejda lyukdan chiqib pul sochgandim. Xatti-harakatim noto‘g‘riligini tushuntirishdi. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman.  Tengdoshlarimga ham tavsiya qilmayman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz,  Buxoroda 6 may kuni mast ayol harakatlanayotgan mashinadan tanasini chiqarib o‘ynagani uchun haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
21
0
xs.uz

Dushanbeda qabul qilingan bitim Oʻzbekistonda ratifikatsiya qilinishi mumkin

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu bitimni tuzish tashabbusi 2022-yil 21-iyulda Choʻlpon-Otada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlat r

26 Jul 10:20
 
33
0
qalampir.uz

Farg‘onada ayolini rashk qilib kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

Farg‘onada 18 yillik turmush o‘rtog‘ini ayovsiz urgan 44 yoshli erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan. Bir nechta asossiz sabablar Rossiyaga ketgan erkakda ayoliga nisbatan shubha uyg‘otgan. Erkak Rossiyadan qaytib kelib, ayoli bilan tez-tez janjallasha boshlagan va uni o‘lasi qilib kaltaklagan. Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sud

11 Aug 03:43
 
20
0
xs.uz

Toshkent viloyatida 4 egizak tugʻildi

Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizakli boʻldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd qilinishicha, chaqaloqlarning 3 nafari qiz, 1 nafari esa oʻgʻil. Respublika Perinatal markazida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan muvafaqqiyatli chiqqan ona va bolalarning holati Sogʻliqni saqlash vazirligi viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.Taʼkidlanishicha, yangi tugʻilgan chaqaloqlar hozirda intensiv davolash muolajalarini olmoqda.

26 Jul 10:21
 
28
0
xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik