calendar 31 May 22:50
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina va Rossiya fevral oyidan beri birinchi marta mahbuslarni almashdi

image

Ukraina va Rossiya joriy yilning fevral oyidan beri birinchi mahbus almashinuvini amalga oshirdi: har bir mamlakatning 75 nafar fuqarosi vataniga qaytdi. Bu haqda bugun, 31 may kuni har ikki tomon ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida yozilishicha, “asirlikda o‘lim xavfiga duch kelgan 75 nafar rossiyalik harbiy” Rossiyaga qaytarilgan.

“Ular Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiyadan o‘tish uchun harbiy transport samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik almashinuvga yana Birlashgan Arab Amirliklari vositachilik qilganini ta’kidladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham fuqarolarining qaytishi haqida yozdi.

“Bugun bizda muhim natija bor: Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy gvardiyasi askarlari, chegarachilar, to‘rt nafar tinch aholi vakillari – yana 75 nafari Ukrainaga qaytdi”, deb yozadi u.

Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets Facebook'da Ukraina barcha fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytarish niyatini tasdiqladi va bu yo‘nalishda ishlayotganini yozdi.

Uning aniqlik kiritishicha, bugungi almashinuvni hisobga olgan holda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri 3210 nafar ukrainalik vataniga qaytgan. 

Tomonlar oxirgi marta tomonlar 8 fevral kuni mahbuslarni almashgan: o‘sha kuni "100 dan 100 gacha" formulasi bo‘yicha almashish bo‘lib o‘tdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
130
0
xs.uz

AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan

31 May 08:50
 
41
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk

18 Jun 21:56
 
198
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi tayinlandi

U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh boshqarmasi boshligʻi, elchi Ahmet Jemil Mirogʻluga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.Rasmiylar 21html5-dom-document-internal-entity1-minus-end22-iyun kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qilishgan.Ahmet Jemil Mirogʻlu, oʻz navbatida, yangi elchiga Istanbuldagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi bilan toʻgʻr

17 May 21:47
 
61
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf