calendar 31 May 10:22
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda 50 ming dollarga AQSH vizasini va’da qilgan firibgar ushlandi

image

Samarqandda AQSHga kirish vizasini olib berish evaziga fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.S. mahalliy fuqaro Sh.M.ga o‘zining tanishlari orqali AQSH davlatiga kirish vizasini tayyorlab berishini va u yerda yaxshi ish o‘rinlari bilan ta’minlashini va’da qilib, bu xizmati evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan. 

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. oldindan kelishilgan 45 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan I.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, tergov jarayonlarida I.S.ning boshqa fuqarolardan ham firibgarlik yo‘li bilan olgan mablag‘lari bo‘yicha aniqlik kiritilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
142
0
qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi.  Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan. O‘zbekistondan tashqari Kuba,

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

28 Jul 19:17
 
88
0
qalampir.uz

Tursunali polvon 75 yoshida vafot etdi

“Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali polvon Mamajonov 75 yoshida vafot etdi. Buni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi. Ma’lumot uchun, Tursunali Mamajonov 1949 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Marhum Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori, faxriy ekolog bo‘lgan. Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar ko‘rsatib kelgan. 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekistonda xizmat ko

15 Jul 12:56
 
111
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya Bosh vazirining joriy yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi koʻrib chiqildi.Parlamentlararo, hukumatlararo, ishbilarmonlik aloqalari sezilarli faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 29