calendar 15 Jul 12:56
eye 114
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya Bosh vazirining joriy yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi koʻrib chiqildi.

Parlamentlararo, hukumatlararo, ishbilarmonlik aloqalari sezilarli faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 29-may kuni Putrajaya shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi samarali oʻtkazildi. Oʻzbekiston-Malayziya ishbilarmonlar kengashi tuzildi.

Sanoat, 'yashil' energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Gumanitar almashinuv va ziyorat turizmi boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ID-kartalarini oʻzaro tan olish taklifini ilgari surdi

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tgan tadbirda Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, faxriy mehmonlar sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.Kun tartibiga muvofiq, mintaqada ko'p qirrali hamkorlikni yanada ken

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

29 Jul 15:39
 
51
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy

20 Jul 15:31
 
60
0
xs.uz

Samarqandda somonpoyani yoqib yuborgan fermer xoʻjaligi 244,8 mln soʻm jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida gʻalladan boʻshagan yerdagi somon poyalarini yoqib yuborgan fermer xoʻjaligi jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Kattaqoʻrgʻon tumani Yakkabogʻ MFY hududida 'X.Sh.' fermer xoʻjaligining 8.8 gektar yerida gʻalladan boʻshagan somonpoya yoqib yuborilgan. Oqibatda dala maydoni atrofida oʻsib turgan 240 tup tut daraxtlari shikastlangan.Holat Kattaqoʻrgʻon tuman Ekologiya atrof-muhitn