calendar 31 May 09:20
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

112 yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

image

Endilikda O‘zbekistonda hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 112 qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi. Bu haqdagi tegishli hukumat qarori kecha, 29 may kuni qabul qilindi.

112 yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar 112 yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;
  • shoshilinch yordam ko‘rsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish; 
  • vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari o‘rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo‘yicha tezkor o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.

112 yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

  • 2024 yil 1 iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
  • 2024 yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;
  • 2024 yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
20
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sizlarni qutlashdan chin dildan mamnunman.Samimiy qabul va uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga bildirilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Germaniya Federal kansleri hurmatli Olaf Shols Janobi Oliylariga mintaqamiz mamlakatlari bilan ko'p qirrali sheriklikni kengaytirish tarafdori ekanligi uchun tashakkur izhor qilaman.Bizning Berlindagi ilk uchrashuvimiz va bugu

20 Sep 00:21
 
16
0
xs.uz

Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-yanvardan yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisob

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo

26 Aug 12:29
 
31
0
xs.uz

Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5-yilga qamaldi

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida ichimlik suvi tarmogʻiga noqonuniy ulangan korxona rahbari sud tomonidan ozodlikdan mahrum etildi.'Toshkent viloyati suv taʼminoti' AJ xabariga koʻra, 'HTB-AS INVEST' korxonasi ichimlik suvi tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan va davlatga qariyb 295 mln soʻm zarar yetkazgan.Korxona rahbari A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi 'v' bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5-yil 1 oy muddatta ozodlikdan mahrum