calendar 29 May 19:03
eye 24
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyadan Toshkentga 3 ta metro poyezdi olib kelindi

image

Bugun, 29 may kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi. 

“Shuningdek, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, "Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishi"da harakatga chiqariladi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur metro poyezdlari Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan.

“Bugun Toshkent metropoliteni ehtiyojlari uchun Toshkent shahriga Rossiyada ishlab chiqarilgan 12 ta vagon olib kelindi va poyezdlar 7-10 kun ichida texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov 27 may kuni Toshkentda ikki davlat Prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashida iyun oyi oxirigacha yana uchta to‘rt vagonli poyezd yetkazib berish rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Metrovagonmash” 2024-2025 yillarda O‘zbekistonga yana 60 ta metro vagonlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
57
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

23 Jul 11:05
 
54
0
xs.uz

Yer uzum, osmon uzum…

Toqi ishkom misli osmon,Har taraf yulduz sochur.Voh ajab, bu ne sinoat,Yer uzum, osmon uzum.Darhaqiqat, bugun Oltiariq tumani uzum bogʻlarida oʻzgacha fayz va tarovat, oʻxshashi yoʻq goʻzallikning guvohi boʻlasiz. Har yonda moʻl-koʻlchilik, peshonasiga rayhon taqib, qoʻlida gulqaychi tutgan bogʻbonning erta koʻklamdan buyon qilgan mehnati bugun sharbatga toʻlgan bogʻlarda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.Ayni paytda Oltiariq tumanida aholi tomorqasi, fermer va dehqon xoʻjaliklari tasa

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro kongressda 35 da davlatidan olimlar ishtirok etmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugun joriy yilning 23-26-avgust kunlari Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi renessans poydevori' VIII xalqaro kongressi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Kongressini Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish soʻzi bilan ochdi.Mazkur nufuzli anjumanda duny

22 Jul 16:12
 
52
0
xs.uz

Qashqadaryoda qidiruvdagi jinoyatchi qoʻlga tushdi

Unga koʻra, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Yakkabogʻ tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoyat sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurgan shaxs ushlandi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, yashirinib yurgan, 'Mustaqillik' mahallasida yashovchi B.N. ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirildi.