calendar 29 May 13:16
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jizzaxda “KamAZ” savdo do‘konini buzib tashladi

image

Jizzax viloyatida  "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasini mast holatda boshqarib ketayotgan haydovchi mashinasi yordamida qasddan savdo do‘konini buzib tashladi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 28 may kuni soat 01:19 larda Zarbdor tumani “Ravot” MFYda joylashgan savdo do‘koni ish yurituvchisi viloyat IIBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasi egasi savdo do‘konini buzib tashlagani to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida Zomin tumani "Nurlikent" MFYda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro T. Sh "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasini mast holda savdo do‘koni oldiga boshqarib kelgani aniqlandi. Do‘kon yonida turgan Zarbdor tumani "Navoiy" MFYda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan H.R va u bilan birga bo‘lgan U.O. lar bilan o‘zaro tortishib qolishi oqibatida H.R  yuk mashinasi egasining yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, T.Sh jahl ustida o‘zi boshqaruvidagi yuk avtomashinasiga o‘tirib, uni haydab, shu yerda turgan H.R.ga tegishli Spark rusumli avtomashinaning orqasidan borib, urgan. Shuningdek, avtomashina va savdo do‘koniga moddiy zarar yetkazgan.

“Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, ushbu voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 gazballoni portlab ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni qutlamoqda

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni. Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezident Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Re

22 Jul 17:47
 
46
0
xs.uz

Ozodbek Nazarbekov emas, kiyim doʻkoni reklama qonunchiligini buzgan – Raqobat qoʻmitasi

Qayd etilishicha, qoʻmita oʻrganish ishlarini yakunladi.Unga koʻra, 'KINGSMAN UZBEKISTAN' brendi ostida faoliyat koʻrsatuvchi 'Boutique' MCHJ 'Reklama toʻgʻrisidagi' qonunning 16-moddasini, yaʼni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini koʻrsatish boʻyicha taqiq talablarini buzgan deb topildi.Natijada, ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilishi holatini bart

03 Sep 21:35
 
0
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida 'Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522

11 Jul 15:12
 
118
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BYD bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi 'BYD Uzbekistan Factory' zavodida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Mazkur korxona shu yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbari ishtirokida ishga tushirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod boʻldi.Bugungi kunda BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ' elektromobillar va gibridlarni ishlab chiqari