calendar 26 Jul 10:20
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni qutlamoqda

image

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni. Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezident Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan qutlov maktublari keldi. 

Shuningdek, Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Belarusdan Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston rahbariga telefon qilib, uni tavallud ayyomi bilan qutlagan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 16:47
 
59
0
qalampir.uz

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:  25 iyul kuni soat 15:00 da; 26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylar

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston elchisi Qozogʻistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

Qozogʻiston TIV maʼlumotiga koʻra, uchrashuv chogʻida vazir ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli soʻnggi yillarda Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga koʻtarilganini alohida taʼkidladi.Qozogʻiston Prezidentining farmoniga muvofiq, vazir amalga oshirilgan ulkan ishlar va elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun Saidikrom Niyozxoʻjayevni oliy davlat mukofoti ' II darajali 'Dostыq

22 Jul 18:49
 
64
0
qalampir.uz

Bolasini muntazam kaltaklagan o‘gay ona jazolandi (video)

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bolasini muntazam kaltaklab, ruhiy zo‘ravonlik qilgan o‘gay ona jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Bildirilishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 13 yoshli S.R  ismli qizga o‘gay onasi tomonidan 2023 yil davomida muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilib kelingan. Shuningdek, ayol qizni kuchli qo‘rquv hosil qilish yo‘li orqali o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqiti

26 Jul 20:27
 
103
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh