calendar 11 Jul 15:12
eye 120
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BYD bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqdi

image
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi 'BYD Uzbekistan Factory' zavodida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

Mazkur korxona shu yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbari ishtirokida ishga tushirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod boʻldi.

Bugungi kunda BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ' elektromobillar va gibridlarni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha dunyoda yetakchi kompaniya hisoblanadi. U eng yaxshi texnologik baza, innovatsion yechimlar va sifat nazorati tizimlariga ega.

Oʻzbekistonga bunday yirik kompaniyaning kirib kelishi, avvalo, mamlakatdagi jozibador investitsion muhit va siyosat, shuningdek, avtomobilsozlik sohasida muhandis kadrlar, ishlab chiqarish bazasi, xomashyo va logistika salohiyati borligi bilan bogʻliq.

'Oʻzavtosanoat' aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi mazkur investitsiya loyihasining dastlabki natijalari va uni kengaytirishga qaratilgan rejalar toʻgʻrisida axborot berdi.

Qayd etilganidek, toʻliq ishlab chiqarish jarayonini ishga tushirish doirasida Oʻzbekiston korxonalari tomonidan plastik qismlar, oynalar, bamperlar, disklar va boshqa koʻplab komponentlar ishlab chiqarilishi boʻyicha BYD sifat tizimiga mos kelishi uchun tahlil oʻtkazildi.

Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularning turlarini kengaytirish maqsadida xitoylik hamkorlar bilan V, S va byudjet avtomobillari segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Ularning birinchi namunalari xitoylik hamkorlar tomonidan zamonaviy standartlashtirish tizimi sinovlarini oʻtkazish uchun laboratoriyalarga topshirildi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiya va standartlarni nafaqat ishlab chiqarish, balki savdo, servis va kafolat yoʻnalishlarida ham tatbiq etish masalasi dolzarb boʻlib qolmoqda. Bu sifatsiz mahsulot chiqarilishining oldini oladi hamda avtotransportga yuqori sifatli servis va kafolatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.

BYD bilan hamkorlik mahalliy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ham oʻz ichiga oladi. Jizzaxdagi 'BYD Uzbekistan Factory' kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha muhandislik oʻquv markazini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Taqdimotda ishlab chiqarish hajmini belgilangan koʻrsatkichlarga yetkazish hamda mahalliylashtirish jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari 'BYD Uzbekistan Factory' qoʻshma korxonasi quvvatlarida ishlab chiqarishni tezlashtirish, hamkorlikning keyingi bosqichlari boʻyicha strategiya ishlab chiqish, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yillik 500 ming donaga yetkazish va eksport bozorlariga chiqish boʻyicha aniq vazifalarni qoʻydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

19 Aug 07:03
 
22
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

26 Jul 10:20
 
45
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha