calendar 29 May 11:40
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

image

Bugun, 28 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga 3 kunlik tashrifdan so‘ng Moskvaga uchib ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Prezident Vladimir Putinni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbarlari samimiy xayrlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi doirasida qator qo‘shma tadbirlar bo‘lib o‘tdi.26 may kuni davlat rahbarlari birgalikda "Yangi O‘zbekiston" majmuasiga tashrif buyurdi, Rossiya rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

27 may kuni tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular davomida Prezidentlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildi, delegatsiyalar a’zolarining asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlarini tingladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi.

Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Vladimir Putin G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi va O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishdi.

O‘sha kuni Prezidentlar raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda hududlararo muloqotni yanada mustahkamlash va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni uyiga taklif qilgani, ular ertalabki soat uchgacha gaplashganini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 13:17
 
68
0
xs.uz

Bunday oʻsish bilan Fargʻona viloyati aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi — Shavkat Mirziyoyev

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish'boʻlib oʻtmoqda.Davlat rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga koʻchib oʻtgan odamlarni koʻrib, mamnun boʻlganini taʼkidladi.Shu bilan birga, dunyodagi hozirgi oʻta murakkab sharoitda yangi yoʻl ochish, investitsiya olib kelish

20 Jul 20:30
 
124
0
xs.uz

Toshkentdagi 75 ta mahalladan chiqindilarni olib ketish xizmati «Maxsustrans»ga qaytariladi

Bundan tashqari, yana 65 ta mahallaga xizmat koʻrsatadigan korxonalar bilan bitim muddati 6 oy muddatga sinov tariqasida uzaytiriladi.Sanitar xizmat koʻrsatuvchi muqobil korxonalar bilan DXSH bitimlari 2019-yil fevralida, 5-yil muddatga tuzilgan.Bitim muddati uzaytirilmaydigan korxonalar tomonidan xizmat koʻrsatib kelingan mahallalar 'Maxsustrans-ICHB' DUKga topshiriladi.Bunday korxonalarning mavjud debitor va kreditor qarzdorliklari billing tizimi bilan taqqoslanib, haqqoniyligiga aniqlik ki

11 Aug 03:43
 
16
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o'rtasidagi do'stlik, qo'shnichilik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umu

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasd