calendar 12 Jul 13:17
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bunday oʻsish bilan Fargʻona viloyati aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi — Shavkat Mirziyoyev

image
Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish'boʻlib oʻtmoqda.

Davlat rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga koʻchib oʻtgan odamlarni koʻrib, mamnun boʻlganini taʼkidladi.

Shu bilan birga, dunyodagi hozirgi oʻta murakkab sharoitda yangi yoʻl ochish, investitsiya olib kelish oʻz-oʻzidan boʻlmayotgani qayd etildi.

Fargʻona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday oʻsish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu ' Fargʻona viloyatini oʻzida yiliga 100 ta yangi bogʻcha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qoʻshimcha ish oʻrni yaratish kerak, degani.

Bu esa viloyat hokimi, uning 8 ta oʻrinbosari, 19 ta shahar-tuman hokimi oldiga katta vazifalar qoʻyib, ulardan qattiq masʼuliyat talab etishi koʻrsatib oʻtildi.

Oʻtgan yetti yilda viloyatda katta oʻzgarishlar boʻldi.

Kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 karra oʻsdi. Tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo boʻldi. Fargʻona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi.

Bugungi kunga kelib, viloyatda yangi korxona ochaman, kengaytiraman, innovatsion loyiham bor, yuzlab, minglab odamni ishli qilmoqchiman, degan tadbirkor koʻpaydi.

Shu bilan birga, agar viloyat rahbariyati yangicha tizim qilib, tadbirkorlar bilan koʻproq shugʻullanganida edi, Fargʻonada 2-3 karra koʻp natijaga erishish mumkin boʻlar edi, dedi davlatimiz rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 12:24
 
72
0
qalampir.uz

O‘zbekistonliklar asosan nimadan vafot etayotgani aytildi

Statistika agentligi 2024 yil yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonliklar o‘limiga asosan nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 100 000 nafar  aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 238,6 nafarni, ayollar esa 201,6 ni tashkil qilgan. Shulardan 58,4 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi – o‘simtalardan, 6,6 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,3 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 fo

19 Jul 17:09
 
47
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergov

24 Aug 17:26
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra 2024/2025-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalarida 9-sentyabrda boshlanishi belgilangan.Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida oʻquv yili 4-sentyabrda boshlanadi.Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham oʻquv yilini 4-sentyabrdan boshlanishi koʻzda tutilgan.'Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi', deyi

17 Jul 11:03
 
88
0
qalampir.uz

Bolani zanjirband qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

Joriy yilning mart oyida Samarqandda 13 yashar bola oyog‘idan kishanlangan holda Damas rusumli avtomashina ichidan topilgani, bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati maktab o‘qituvchisi tomonidan sodir etilgani xabar qilingandi.  Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Endilikda ish sudda ko‘rib chiqildi. Sud hukmi bilan bolani zanj