calendar 28 May 16:55
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil Bayden chizgan chiziqdan chiqdimi?

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati joriy yilning 26 may kuni Rafahdagi chodir lagerida o‘nlab falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil mudofaa kuchlarining zarbasi AQSH Prezidenti Jo Baydenning qizil chizig‘ini buzgan yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Bu haqda “Axios” portali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Portal ta’kidlaganidek, zarbadan bir necha kun oldin Oq uy xodimlari Isroilning ko‘p sonli tinch aholi qurbonlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun Rafahda harbiy operatsiya o‘tkazish rejalariga sezilarli ta’sir ko‘rsata olganiga ishonchi komil edi. Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan o‘tgan hafta Isroildagi yahudiy hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan bo‘lajak Rafah operatsiyasini muhokama qildi. “Axios” manbasiga ko‘ra, Vashington ma’muriyatining ko‘plab xavotirlari Isroilning Rafah bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan rejalarida hisobga olingan. Sallivan operatsiyani qizil chiziqni kesib o‘tmasdan amalga oshirish mumkinligiga ishondi. Portal manbasining qo‘shimcha qilishicha, Rafahga zarba berish Baydenga Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga nisbatan siyosatini o‘zgartirish uchun siyosiy bosimni kuchaytirishi mumkin. 

Voqeaga izoh berar ekan, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili jurnalistlarga Isroil rasmiylari G‘azo sektori tinch aholi xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga majbur ekanini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda zarba oqibatlarini baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Isroilning Rafahga hujumini qoralagandi. 

27 mayga o‘tar kechasi Isroil harbiylari Rafahga zarba berdi. Tal as-Sulton hududidagi BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ish bilan shug‘ullanish agentligining Yaqin Sharqdagi ombori yonida o‘rnatilgan chodir lageriga kamida sakkizta raketa bilan hujum qilindi. 

Chodirlar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Falastinning WAFA agentligi taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘lgan, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati Bosh shtabning faktlarni aniqlash apparati Rafah hujumi hududida tinch aholining o‘limi holatlarini tekshirishni boshlaganini ma’lum qildi. 

24 may kuni Xalqaro jinoiy sud Janubiy Afrikaning da’vosiga javoban qaror qabul qildi, unga ko‘ra Isroil Rafahdagi hujumni va shahar aholisiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni to‘xtatishi kerak. Sud, shuningdek, Isroil tomonini Falastin aholisiga yordam ko‘rsatish uchun Rafah nazorat punktini ochiq qoldirishga majbur qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
30
0
xs.uz

Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Bu nimadan dalolat?

Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. 'Newsweek' vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchilikl

25 Sep 13:14
 
19
0
xs.uz

Tramp suiqasddan keyin oilasidan xavotirda ekanini maʼlum qildi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp oila aʼzolarining hayotidan xavotirda ekanini aytdi.'Men odatda bu haqda gapirmayman. Lekin men oilam haqida qaygʻurishim kerak', dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.Keyin Trampning saylovoldi kampaniyasi uning xavotirlari 'Kamala Xarris va Demokratik partiyaning xavfli hamda jirkanch ritorikasidan' kelib chiqqanini taʼkidladi.Maʼlumot uchun, 13-iyul kuni Pensilvaniyada uyushtirilgan suiqasd chogʻida Tramp qul

25 Sep 13:14
 
18
0
xs.uz

Livan janubidagi minglab odamlar Isroilning kuchli bombardimonidan qochmoqda

Isroil armiyasi 800 ga yaqin nishonga zarba berganini eʼlon qilib, 'Hizbulloh' qurollari obyektlarini taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.Dushanba kuni Isroil Livanning janubiy va sharqiy qismiga yuzlab havo hujumlarini uyushtirish oqibatida 500 ga yaqin kishi halok boʻldi. Isroil harbiylari aholini 'Hizbulloh' qurol saqlayotganini daʼvo qilgan joylarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi.Minglab odamlar Livan janubidan qochib, Bayrutga olib boradigan asosiy magistralni toʻsib qoʻyis

03 Sep 21:35
 
35
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar