calendar 28 May 16:11
eye 72
comments 0
comments Manba: postda.uz

IKKI O‘G‘LI – QO‘SH QANOTI

image

– Biz taraflarda shamol juda kuchli esadi. Ayniqsa, qish kunlari elektr simlarini uzgudek shiddatga minadi. O‘shanda, esimni tanib qolgan paytim sakkiz yoshli bola edim. Kechasi qattiq shamol esganidan uyqum kelmay, dadamni intiqlik bilan kutib, derazadan tashqariga tikilib yotardim. Tun yarmiga yetib qolsa hamki, dadam kelavermasdi. 

Shamol o‘rik novdalarini u yoqdan bu yoqqa yulqilab o‘ynar, uvillab qo‘rqinchli tovush chiqarardi. Yonimda esa Sanjar akam yotardi. Bilaman – u ham dadamni sabrsizlik bilan kutardi. Otam uyga kelganida, akam darrov uning bosh kiyimiga ega chiqardi. Men bo‘lsam pogonlarini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim. Ulardagi yaltirab turadigan yulduzchalarni tilladan bo‘lsa kerak deb, o‘ylardim..., – deya bolalik yillarini xotirlaydi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Sirojiddin Dadaboyev.

Uning otasi Sarvar G‘afurovni umuman, G‘afurovlar sulolasini Xovos, Boyovut tumanlari, Shirin shahrida yaxshi bilishadi. Boisi, ushbu sulola vakillari mahalliy davlat boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarda elga xizmat qilishgan. Sarvar G‘ofurov Qurolli Kuchlar safida yigitlik burchini o‘tab qaytgach, dastlab Boyovut tumani IIB Qo‘riqlash bo‘limida ishladi. Keyinroq «1-Boyovut» mahallasida uchastka noziri sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Oradan hech qancha o‘tmay o‘zining intiluvchanligi, serg‘ayratligi bilan rahbariyatning e’tiborini tortgan yosh xodim tuman IIB JQB katta tezkor vakili etib tayinlandi. 

Mustaqillikning dastlabki yillari iqtisodiy qiyinchiliklar bo‘y ko‘rsatgan, jinoyatchilik avj olgan, qonuniylikni ta’minlash qiyin bo‘lgan murakkab davr edi. Jamoat joylarida uyushgan jinoiy guruhlar vakillarining beboshliklari uchrab turardi. 

Bir kuni uyushgan jinoiy guruh a’zolari bir necha uylarda, kafe va restoranlarda talonchilik jinoyati sodir etgani to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar kelib tushdi. Ichki ishlar organlari xodimlari ularning izidan tushishdi. Lekin jinoyatchilar ham anoyilardan emasdi, tutqich bermasdi. Va nihoyat, mazkur jinoiy to‘da Boyovutning katta savdo markazlaridan birini talon-toroj qilishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida tezkor xabar olindi. Kapitan Sarvar G‘afurov boshchiligidagi JQBning tezkor vakillari ularni pistirmada poylab turishdi. Talonchilar to‘dasi yarim kechadan o‘tganda universal do‘konning orqa eshigini buzib, ichkariga kirib ketishdi. Oradan 15 daqiqalar o‘tib, allaqancha narsalarni olib chiqib, mashinaga orta boshlashdi. Lekin yuk mashinasi joyidan siljishga ulgurmadi. Tezkor xodimlar tezkorlik bilan jinoiy to‘dani qo‘lga oldi. 

Keyinchalik Sarvar G‘afurov Boyovut tumani IIB boshlig‘ining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari, shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha muovini lavozimlarida xizmat qilib, 2018-yilda podpolkovnik unvonida izzat-ikrom bilan pensiyaga chiqdi. «Ot izini toy bosar» deganlaridek, hozirda ikki o‘g‘li ota ishini davom ettirishmoqda. 

Sirojiddin Dadaboyev Boyovutdagi sanoat-qurilish kollejini tugatgach, armiya safiga chaqirildi. Muddatli harbiy xizmatni Havo-desant qo‘shinlarida o‘tadi. So‘ng Guliston davlat universitetiga o‘qishga kirdi. 2021-yili oliy ta’lim muassasasini tugallagach, ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilindi. 

Hozirda profilaktika inspektori sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Muqimiy nomidagi mahalla hududida 4500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. E’tiborlisi, 2023-yilda mahalla «yashil» toifali hududga o‘tkazildi. Bunga «mahalla yettiligi»ning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli erishildi, albatta.

«Xonadonbay» ishlash tizimi joriy qilingach, aholining muammolari bartaraf etila boshlandi. Natija o‘zini ko‘p kuttirmadi. Odamlarning dunyoqarashi o‘zgardi. Mahallada kichik biznes rivoj topdi. Bir necha sotixli issiqxonalarda rezavor, sabzovotlar yetishtirgan ayrim xonadonlarning topish-tutishiga baraka kirdi. Ularga havas qilganlar ham harakatga tushib qoldi. 

Bu ishlarga profilaktika inspektori ham o‘z hissasini qo‘shdi. U 16 ta jinoyatga moyil, nizoli oilaga kredit ajratilishiga ko‘maklashdi. Ular bu pullarga chorva mollari, ish qurollari, issiqxonalar xarid qilishdi. Natijada ish bilan ta’minlanishdi. Qarabsizki, muammolari kamaya boshladi. Bandlik ta’minlangan, muammolar hal etilgan joyda esa jinoyatchilik ham kamayishi tabiiy.

Profilaktika inspektorining yelkasidan juda katta mas’uliyat bosib turadi. U hududdagi jamoat tartibi saqlanishi, aholi xavfsizligi uchun mas’ul. Sirojiddin buni yaxshi tushunadi. Lekin jamoat tartibini buzadiganlar uchrab turadi. Ularni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi—spirtli ichimlikka mukkasidan ketganlar. Ikkinchisi—yosh-yalang, zavq-shavqqa to‘la yigitlar. Uchinchisi—betayin turmush tarziga odatlangan, oilasiga ham, jamiyatga ham befarq insonlar. Sirojiddin mana shunday toifadagi barcha shaxslarni profilaktik hisobga olib yuradi. Ayniqsa, endigina katta hayotga kirib kelayotgan yoshlar uning diqqat-e’tiborida. Boisi, ayni hamma narsaga qiziqadigan yoshda ular xato yo‘lga kirib ketishi hech gapmas. Buning oldini olish uchun doim yoshlar orasida bo‘lishga harakat qiladi. Hududdagi ikkita umumta’lim maktabiga tez-tez borib turadi. Turli mavzularda davra suhbatlari uyushtiradi. Shuning uchun yoshlar uni yaxshi tanib qolishgan. Inspektor sifatida unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishganidan faxrlanadi. 

Katta serjant Sanjar Dadaboyev esa, mana, bir necha yillardan beri Sirdaryo viloyati IIB YHXB Ma’muriy amaliyot bo‘limida katta inspektor sifatida faoliyat ko‘rsatadi. IIV Akademiyasining Serjantlar tayyorlash oliy kursini tugatgan. Hozirda Guliston davlat universitetining 4-kursida sirtdan tahsil olyapti. Uni hamksblari o‘z ishiga mas’uliyatli bo‘lgani uchun hurmat qilishadi. 

Ayniqsa, jamoat tadbirlari o‘tkazilayotganda avtomobillar harakatini tartibga solishda doim jonkuyar. Shu boisdan Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida uni eng mas’uliyatli uchastkaga tayinlashadi. Mana shunday paytlarda yo‘llarda tirbandlik paydo bo‘lmasligi, YTHlarning oldi olinishiga katta e’tibor qaratadi. Xushmuomalaligi sababli haydovchilarning ham hurmatiga sazovor bo‘lgan. Xizmat vazifasini o‘tar ekan, doim otasining o‘gitlarini yodida tutadi. 

Iste’fodagi podpolkovnik Sarvar G‘afurov har ikkala o‘g‘lidan mamnun. Ularni har doim «Mening qo‘sh qanotim» deb alqaydi.

Abdurahmon 

MUSTAFOQULOV,

o‘z muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati. 



Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi (+toʻliq jadval)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi super-kontrakt miqdori tasdiqlanganini maʼlum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024/2025 oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

TARADDUD

Ayni kunlarda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, joriy yilning 27-oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylovlar, shuningdek, turarjoylar va ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ekt­larining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishyapti. Chunonchi, ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov say

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 8 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:' 'Cobalt' ' 102 052 dona' 'Damas' ' 59 545 dona' 'Tracker' ' 27 454 dona' 'Onix' ' 21 607 dona' 'Lacetti-Gentra' ' 12 837 dona' 'KIA' ' 12 795 dona' 'Chery' ' 5 190 dona' 'Haval' ' 1 390 dona' Maxsus yengil avtomobillar ' 17 321 dona

24 Aug 17:27
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 32,03 soʻmga oshdi va 12 677,04 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,76 soʻmga oshib, 14 122,22 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,40 soʻmga koʻtirilib, 139,06 soʻmni tashkil qildi.