calendar 28 May 13:24
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston Rossiya bilan migratsiya masalasini kelishib oldi

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 27 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi va bu boradagi o‘zaro aloqalarning yangi mexanizmlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“Migratsiya sohasidagi hamkorlik masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi. Bu sohada o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlari bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati bayonotida.

Muzokaralar jarayonida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasida munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solishiga va’da berdi.

“Rossiyada milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi yashab, mehnat qilmoqda. Biz ularning Rossiya iqtisodiyotini, ayniqsa, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va logistika kabi jadal rivojlanayotgan tarmoqlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaymiz”, deydi Putin.  

Shu bilan birga, u O‘zbekiston fuqarolaridan o‘z vatanlariga pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiyoti, mamlakatning turli hududlaridagi oilalar uchun jiddiy yordam bo‘lishiga umid qilmoqda. 

“Rossiya hukumati biz bilan ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun barcha zarur ishlarni qilmoqda va qiladi, biz migratsiya sohasidagi barcha dolzarb masalalar bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, deydi Rossiya Prezidenti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
122
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

31 May 08:50
 
35
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

04 Jun 02:45
 
121
0
xs.uz

Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-