calendar 28 May 12:03
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

KXDR uchirgan josus sun’iy yo‘ldosh muvaffaqiyatsizlikka uchradi

image

Shimoliy Koreyaning Malligen-1-1 josus sun’iy yo‘ldoshini olib ketayotgan raketa uchirilganidan ko‘p o‘tmay parvozining birinchi bosqichida havoda portladi. Bu haqda KXDR Davlat aerokosmik muhandislik boshqarmasiga tayanib, Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, halokatga raketa dvigatelining nosozligi sabab bo‘lgan.

Janubiy Koreya harbiylari 27 may kuni kechqurun Shimoliy Koreyaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan raketa uchirilganini qayd etdi. Seul Shimoliy Koreya razvedka sun’iy yo‘ldoshi uchirilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, uning qoldiqlari va raketa qoldiqlari KXDRning o‘sha g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida dengizga qanday qulaganini kuzatganini aytdi.

Yaponiyaning NHK telekanali yong‘in ichida qolgan qoldiqlarning dengizga qulagani tasvirlangan videoni namoyish etdi. NHK telekanalining ma’lum qilishicha, kadrlar 27 may kuni kechki payt Xitoyning shimoli-sharqiy qirg‘oqlaridan suratga olingan. Bungacha rasmiylar Yaponiyaning Okinava oroli aholisini boshpana topishga chaqirgan, biroq tez orada ogohlantirish bekor qilingan.

O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Prezidenti KXDR tomonidan ballistik raketa texnologiyasidan foydalangan holda har qanday uchirish BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari bilan taqiqlanganini qayd etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi

'Milton' toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 'New York Times' nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.'5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri', ' deyiladi manbada.Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evak

24 Aug 17:27
 
34
0
xs.uz

Ukraina endi Moskvani nishonga oldi

Ukraina Kursk viloyatiga hujumini davom ettirar ekan, Moskvaga eng yirik uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mudofaa kuchlari Moskva va uning atrofidagi 11 ta dronni urib tushirgani, baʼzilari Podolsk shahri ustidan Kremldan 38 km janubda qulaganini maʼlum qildi. 'Bu Moskvaga dronlar bilan hujum qilishning eng yirik urinishlaridan biri', dedi Moskva Meri Sergey Sobyanin.Moskvaga dron hujumlari kamdan-kam uchraydi. Ukrainaning Rossiya poytaxtini

20 Sep 00:23
 
18
0
xs.uz

Rossiya aviabazasida portlash va Isroil—Livan mojarosi (+video)

Isroil Gʻazodagi urushdan maqsadi nima?Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning aytishicha, uning Gʻazodagi urush maqsadlari Livan chegarasi yaqinidagi hududlardan qochgan isroilliklarning oʻz uylariga qaytishiga imkon berishni oʻz ichiga oladi.Isroil qariyb bir yil oldin Gʻazoga qarshi urush boshlaganidan beri Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Livanning 'Hizbulloh' qurolli guruhi oʻrtasida deyarli har kuni chegaradan oʻt ochish holatlari kuzatilmoqda.Seshanba kuni Netanyahu idorasi b