calendar 18 May 09:04
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Finlyandiya Erdo‘g‘anni haqoratlashga yo‘l ochib beryapti

image

Finlyandiya Milliy politsiya agentligi mamlakat NATOga a’zo bo‘lishidan oldin o‘tkazilgan namoyishlarda huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlarini baholab, namoyishchilardan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an timsoli tushirilgan qo‘g‘irchoqlarni tortib olish noto‘g‘ri, degan qarorga keldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.  

Gap shundaki, 2023 yilning 26 mart kuni Turkiyaning Xelsinkidagi elchixonasi oldida kurdlar namoyishi bo‘lib o‘tdi, o‘shanda poytaxt politsiyasi aralashib, namoyishchilardan Prezident Erdo‘g‘anning ko‘rinishi mazax shaklida aks etgan qo‘g‘irchoqni tortib olgan edi. 

“Xelsinki politsiya departamenti Turkiya Prezidenti timsoli aks etgan qo‘g‘irchoqni profilaktik tarzda olib qo‘yish huquqiga ega emas edi”, deyiladi Milliy politsiya agentligi bayonotida. 

Finlyandiya joriy yilning 4 aprel kuni NATOga a’zo bo‘ldi.

Erdo‘g‘anning g‘azabini qo‘zitgan qo‘g‘irchoq

2023 yilning yanvar oyi o‘rtalarida Shvetsiya poytaxtida Turkiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanuvchi Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)ni qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Aksiya chog‘ida Stokgolm meriyasi yonida Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘xshagan qo‘g‘irchoq oyoqlaridan osib qo‘yildi. Turkiya hukumati bu harakatni qoraladi. Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi ikki marta Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va norozilik bildirildi. Turkiya hukumati Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonssonning 27 yanvarga mo‘ljallangan Turkiyaga tashrifini Stokgolmda bo‘lib o‘tgan namoyishlar tufayli bekor qildi.

Picture background

2023 yilning iyun oyiga kelib, Syurix shahrida Erdo‘g‘an ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoq hamda Turkiya bayrog‘i yoqib yuborildi. Qayd etilishicha, mazkur namoyish Shveysariyaning Syurix shahridagi UBS banki binosi oldida Syurix inqilobiy ish tashlashlar jamoasi nomli guruh tomonidan amalga oshirilgan. Shu bilan birga “Erdo‘g‘anni (o‘ldir)” deya yozilgan banner ham ko‘tarilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:21
 
29
0
xs.uz

Men hech qachon AQSH va Rossiya oʻrtasida bizning ishtirokimizsiz qabul qilingan Ukrainaga oid qarorlarni qabul qilmayman — Zelenskiy

Maʼlumki, 18-fevral kuni Saudiya Arabistonida AQSH va Rossiya vakillarining Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralari boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur muzokaralar yuzasidan 'NBS News' nashriga intervyu berdi.Zelenskiyning fikricha, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisini tinchlik muzokaralariga jalb qilishga qodir yagona shaxs hisoblanadi.'Men Trampga ishonaman, chunki u AQSH prezidenti. Amerika xalqi unga ovoz berdi va men ularning t

19 Feb 00:21
 
27
0
xs.uz

Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor

Qozogʻistonning Ulitau viloyatida joylashgan 'Jomart' konidagi shaxta oʻpirilishi yuz berdi, oqibatda 7 nafar shaxtyor halok boʻldi. Bu haqda Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi'xabar berdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 'Qozoqmis' korporatsiyasiga tegishli konda gaz portlashi sodir boʻlgan. Hozirda hodisaning tafsilotlari aniqlanmoqda, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi 'Togʻ-kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish' bilan ish

19 Feb 00:21
 
27
0
xs.uz

Olmaotaga qoʻna olmagan samolyotlar Toshkentga yoʻnaltirildi

Quyuq tuman tufayli Olmaota shahriga qoʻna olmagan ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.'Loong Air' aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17-fevral kuni soat 23:05 Toshkentga qoʻndi. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari mehmonxonalarga joylashtirildi. Manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.Bundan tashqari, 'Azimut' aviakompaniyasining Mineralne Vodi ' Olmaota yoʻnalishi boʻyicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan

26 Feb 17:06
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston Tojikiston va Qirgʻiziston bilan birgalikda Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qitʼasining eng nufuzli futbol turniri boʻlgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshladi.Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirib, oʻz qoʻ