calendar 19 Feb 00:21
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor

image
Qozogʻistonning Ulitau viloyatida joylashgan 'Jomart' konidagi shaxta oʻpirilishi yuz berdi, oqibatda 7 nafar shaxtyor halok boʻldi. Bu haqda Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi'xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 'Qozoqmis' korporatsiyasiga tegishli konda gaz portlashi sodir boʻlgan. Hozirda hodisaning tafsilotlari aniqlanmoqda, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi 'Togʻ-kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish' bilan ish qoʻzgʻatilgan.

Mamlakat bosh vaziri Oʻljas Bektenovning topshirigʻiga koʻra, shaxta oʻpirilishi sabablarini tekshirish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus komissiya tuzilgan. Bugun, 18-fevral kuni ertalab soat 4 ga yaqin 7 nafar konchi oʻlik holda topilgan. Jasadlar sud-tibbiy ekspertizasi oʻtkazish uchun politsiya xodimlariga topshirilgan.

Qidiruv ishlari davom ettirilmoqda, unga bosh vazir oʻrinbosari Qanat Bozumbayev rahbarlik qilmoqda.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Ulitau viloyatida shaxtyorlar halok boʻlgani munosabati bilan qurbonlarning oilasiga'hamdardlik bildirdi. Prezident hukumatga favqulodda hodisa sabablarini sinchkovlik bilan oʻrganish boʻyicha topshiriq berdi.

'Qozoqmis' halok boʻlgan konchilarning oilalariga moddiy yordam koʻrsatadi. Bunda xodimning oʻrtacha yillik ish haqining 10 baravari miqdorida kompensatsiya, shuningdek, dafn marosimini tashkil etish uchun 2 million tengedan ortiq mablagʻ ajratiladi.

Bundan tashqari, boquvchisini yoʻqotganlik uchun har oylik toʻlovlar, bolalarning oʻqishi uchun toʻlovlar, halok boʻlgan xodimlarning kreditlari va qarzlarini toʻlash hamda qarindoshlarining murojaatlari boʻyicha boshqa turdagi yordamlar koʻzda tutilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
137
0
xs.uz

AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi

Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

17 May 21:47
 
49
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl