calendar 06 Mar 16:13
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda xonandalarga u yoki bu dinni targʻib qilmaslik aytildi

image
Madaniyat vazirligi xonandalarga'mamlakat shaʼnini eʼzozlash, odob-axloq, madaniyat, oʻzbekona qadriyatlarni unutmaslik kabi muhim masalalar yuzasidan tushuntirish berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligida xonandalar ishtirokida konsert-tomosha faoliyatida olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar hamda 'Sanʼatkor odobi' mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Yigʻilish kun tartibidan mamlakatimizda ijod qilayotgan sanʼatkorlarning maʼnaviy-madaniy faoliyati hamda 'Sanʼatkor odob-axloqi', Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qonunning mazmun-mohiyati, sanʼatkorlarning konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya talab va shartlari hamda mualliflik huquqi kabi masalalar oʻrin olgan.

Yigʻilish avvalida Prezidentning 2024-yil 14-noyabrdagi 'Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 184-farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasiga oid majburiy talablardan xabardorligini oshirish boʻyicha farmon bilan tasdiqlangan nizomning tartib-taomili boʻyicha konsert tashkilotchilari va sanʼatkorlarga tushuntirish berilgan.

Yigʻilish davomida 'Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga asosan 'Oʻzbekkonsert' davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishda sanʼatkorlarning majburiy talablarga rioya qilishini hamda asosiy litsenziya talablarida ijrochilarning 'konsert-tomosha sohasida u yoki bu dinni targʻib qilmaslik' masalalari ham muhokama qilingan.

Shuningdek, yigʻilishda Konstitutsiya qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etishi, boshqa davlatlarda boʻlganida oʻz mamlakat shaʼnini eʼzozlashi odob-axloq, madaniyat, oʻzbekona qadriyatlarni unutmaslik haqida soʻz borgan.

Vazirning birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, dabdababozlik, shohona hayotni koʻz-koʻz qilmaslik va boshqa salbiy illatlarga yoʻl qoʻymaslik, jamoat joylarida, atrofdagilar eʼtiborini tortuvchi ortiqcha salbiy harakatlarga yoʻl qoʻymaslik haqida taʼkidlab oʻtgan.

Shu bilan birga kuy-qoʻshiqlarning mazmuniga eʼtibor qaratish, mualliflik huquqlarining buzilish holatlariga ham toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, oʻz ijodlari davomida vatanga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlarni koʻpaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga namuna boʻlishlari aytib oʻtilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
500
0
xs.uz

Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un

31 May 08:51
 
440
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

31 May 08:51
 
40
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

18 Jun 21:56
 
96
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,