Men hech qachon AQSH va Rossiya oʻrtasida bizning ishtirokimizsiz qabul qilingan Ukrainaga oid qarorlarni qabul qilmayman — Zelenskiy

Zelenskiyning fikricha, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisini tinchlik muzokaralariga jalb qilishga qodir yagona shaxs hisoblanadi.
'Men Trampga ishonaman, chunki u AQSH prezidenti. Amerika xalqi unga ovoz berdi va men ularning tanlovini hurmat qilaman. Ammo hech qachon AQSH va Rossiya oʻrtasida bizning ishtirokimisiz qabul qilingan Ukrainaga doir qarorlarni qabul qilmayman', ' deydi Zelenskiy.
Bundan tashqari, Ukraina yetakchisi AQSH Rossiya bilan muzokaralar oʻtkazsa, Putinning hech bir gapiga ishonmaslik kerakligini qatʼiy taʼkidlagan.
'Putinning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi soʻzlariga ishonmang. U bilan 2019-yilda ham tinchlik bitimi tuzishga urinib koʻrganmiz, u qotil va hech qachon oʻzgarmaydi', ' dedi u.
AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres
Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi
Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram