calendar 16 May 18:16
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil armiyasi Rafahga qo‘shimcha bo‘linmalar yubordi

image

Genotsidda ayblangan Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qo‘shimcha bo‘linmalarni yubordi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxsus kuchlar otryadi Rafah sharqida joylashgan 162-diviziyaga qo‘shiladi. Nashr Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumati Rafahga “quruqlik hujumini kengaytirish”ni ma’qullaganidan keyin qaror qabul qilinganiga e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, 6 may kuni Isroil armiyasi Rafahning yuzlab ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan bir qator sharqiy mahallalarini evakuatsiya qilishni talab qilgan. 7 may kuni Isroil armiyasi Rafahga quruqlikdan hujum boshladi va Misr bilan chegaradagi xuddi shu nomdagi nazorat-o‘tkazish punktining Falastin qismi ustidan nazorat o‘rnatgan.

Qayd etish joizki, Isroil ko‘plab mamlakatlarda salbiy munosabatiga qaramay, G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida harbiy amaliyot o‘tkazmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil bu shaharda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlasa, Amerika harbiy yordamini to‘xtatish bilan tahdid qildi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Rafahda G‘azo sektoridagi janglardan qochgan bir milliondan ortiq tinch aholi istiqomat qiladi va agar keng ko‘lamli janglar bo‘lsa, ularning hayoti xavf ostida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroilliklar kerak bo‘lsa yakka o‘zi jang qilishga tayyorligini bildirgandi.  Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi esa 9 may oqshomida Rafah shahridagi amaliyotni kengaytirishga qaror qildi. AQSH Davlat departamenti Isroil G‘azo sektorida Amerika qurollarini qo‘llash orqali xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin ekanini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-