calendar 16 May 11:10
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

image

Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 2029 yilgi Osiyo kubogiga O‘zbekiston mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra,  2026 yilgi qit’a birinchiligi Avstraliyada, 2029 yilgi turnir esa O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan tashkilot ijroiya qo‘mitasi kongressida OFK prezidenti Shayx Salmon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish yo‘lida omad tiladi.

“Ishonamizki, O‘zbekistonda 2029 yilda kutilgandan ham a’lo darajada o‘tkaziladigan raqobatbardosh turnirni ko‘ramiz. Biz ikkala a’zo assotsiatsiyaning tegishli tashkiliy qo‘mitasiga rejalashtirish va tayyorgarlik ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz”, deydi Shayx Salmon.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston mezbonlik qiladigan qit’a birinchiligi 2031 yilgi mundialga yo‘llanma beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
328
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat

13 May 14:39
 
110
0
xs.uz

Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!

Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi.Eslatib o'tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.

17 May 21:48
 
17
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo