calendar 15 May 15:03
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moskvada general Kuznetsovga pora berishda ayblangan tadbirkor hibsga olindi

image

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Yuriy Kuznetsov hibsga olingani xabar qilingandi. U katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda. Mazkur ish doirasida ikkinchi ayblanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.

Moskvadagi jinoyat ishlari bo‘yicha Basmanniy tuman sudi yakka tartibdagi tadbirkor Leva Martirosyanni hibsga olishga ruxsat bergan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tergov 52 yoshli Martirosyanni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 291-moddasi (ayniqsa katta miqdorda pora berish) 5-qismida ayblamoqda. Sud unga nisbatan 1 oy 28 kun muddatga, ya’ni 2024 yil 12 iyulga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlagan.

“55 yoshli general-leytenant Yuriy Kuznetsov 13 may kuni qo‘lga olingan. Kuznetsovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, unga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi bo‘yicha 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin”, deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tintuv paytida Kuznetsov dan 100 million rubl, oltin tangalar va hashamatli buyumlar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Moskvaning Basmanniy sudi katta miqdorda pora olganlikda ayblanib hibsga olingan Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovni 23 iyunga qadar tergov izolyatoriga jo‘natgan edi. Xuddi shu kuni Ivanov lavozimidan chetlatildi. Bir kundan keyin sud Ivanov va uning qarindoshlarining ko‘chmas mulki, aktivlari va bank hisob raqamlarini hibsga oldi. Xuddi shu ish yuzasidan yana ikki nafar ayblanuvchi qamoqqa olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 May 18:19
 
27
0
qalampir.uz

AQSH va G‘arb Isroil vampirligiga sherik bo‘ldi – Erdo‘g‘an 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH va G‘arb davlatlarini G‘azo sektoridagi qon to‘kilishi va “Isroil vampirizmi”ga sheriklikda, BMTni esa harakatsizlikda aybladi. Bu haqda u bugun, 29 may kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida aytdi. “Isroil xalqaro huquq nazoratiga o‘tguncha va o‘zini xalqaro huquq bilan bog‘langan, deb hisoblamaguncha hech bir davlat xavfsiz bo‘lmaydi. Dunyo televideniye orqali Net

15 Jul 12:03
 
34
0
xs.uz

Dunyoda maymun chechagi kasalligi yana avj ola boshladi — JSST

Maʼlum qilinishicha, kasallik shu yil 8-maydan 2-iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlangan. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu mintaqada 2022-yildan buyon qayd etilgan ilk holat.Bungacha besh kishiga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan, biroq oʻlim holatlari qayd etilmagandi. 2024-yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor roʻyxatga olingan.Eng koʻp kasallanish koʻrsatkichlari Afri

19 Jul 12:55
 
45
0
xs.uz

Dunyo boʻylab banklar va aviakompaniyalar ishida uzilishlar kuzatildi

AQSH, Germaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda global texnik nosozlik qayd etildi. Buning oqibatida aloqa operatorlari, banklar va aviakompaniyalar katta zarar koʻrdi.'ABC' telekanali maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyadagi texnik nosozlik bugungi kunda butun dunyo boʻylab kompaniya va muassasalar oldida turgan texnik muammolarning bir qismidir.Manbada aytilishicha, muammo AQSHning 'CrowdStrike' kiberxavfsizlik firmasi bilan bogʻliq. Avstraliyada bu 'Microsoft' noutbuklari bilan bogʻliq

26 Jul 10:19
 
4
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga