calendar 29 May 18:19
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH va G‘arb Isroil vampirligiga sherik bo‘ldi – Erdo‘g‘an 

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH va G‘arb davlatlarini G‘azo sektoridagi qon to‘kilishi va “Isroil vampirizmi”ga sheriklikda, BMTni esa harakatsizlikda aybladi. Bu haqda u bugun, 29 may kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida aytdi.

“Isroil xalqaro huquq nazoratiga o‘tguncha va o‘zini xalqaro huquq bilan bog‘langan, deb hisoblamaguncha hech bir davlat xavfsiz bo‘lmaydi. Dunyo televideniye orqali Netanyaxu ismli vampirning vahshiyligini tomosha qilmoqda. Isroil G‘azoda insoniyatni yo‘q qildi. Hoy, Amerika davlati, bu qon sizning qo‘lingizda. Yevropaning davlat va hukumat rahbarlari, siz bu vampirizmga sherik bo‘ldingiz! Birlashgan Millatlar Tashkiloti, XXI asrda butun insoniyat jonli ravishda tomosha qilayotgan genotsidni to‘xtata olmasangiz, sizga nima kerak? Dunyoning kelajagi Xavfsizlik Kengashidagi besh davlatga bog‘liq bo‘lsa, bu ulkan binolar nega kerak?” deydi Erdo‘g‘an Isroilni G‘azoda sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishga chaqirib.

Erdo‘g‘an Falastinni Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya tomonidan tan olinishini ijobiy deb atadi va boshqa davlatlarni ham ulardan o‘rnak olishga chaqirdi. 

“Hozirda 147 davlat Falastinni davlat sifatida tan olgan. Ularning qarorini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi va Xavfsizlik Kengashi besh a’zosining o‘zboshimchaliklariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Insoniyatning umumiy vijdoni beshta davlatdan kattaroqdir. Isroil va uni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar G‘azoda genotsid borligi unutiladi, deb o‘ylamoqda. Yo‘q, na genotsid, na vahshiylik unutiladi”, degan Turkiya Prezidenti.

Isroiljon Ikromov 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

Putin Ukraina bosqinidan keyin Rossiya qoʻshinlari sonini uchinchi marta oshirishni buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat armiyasiga qoʻshinlari sonini 180 mingga koʻpaytirib, jami 1,5 million faol harbiy xizmatchiga yetkazishni buyurdi. Bu esa Rossiya armiyasini Xitoydan keyin dunyoda ikkinchi oʻringa olib chiqadi.Hukumat rasmiy saytida eʼlon qilingan farmon 1-dekabrdan kuchga kiradi. Unda aytilishicha, qurolli kuchlarning umumiy sonini 2,38 million kishiga yetkazish koʻzda tutilgan.Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti yetakchi harbiy tahlil markazi maʼlumotlarig

09 Oct 12:40
 
20
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m