calendar 14 May 14:33
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Armanistonda Pashinyanga qarshi miting bo‘ldi. 130 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi (video)

image

Armaniston muxolifati tarafdorlari mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Yerevan ko‘chalarini to‘sib qo‘yishga kirishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Qayd etilishicha, odamlar ko‘chalarni skameykalar va axlat qutilari bilan to‘sib qo‘ygan, namoyishlar sodir bo‘lgan joyga politsiya yetib kelgan, hibsga olinganlar ham kuzatilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Armaniston politsiyasi allaqachon 130 dan ortiq namoyishchini hibsga olganini xabar qildi.

“Mahalliy vaqt bilan soat 10:40 holatiga ko‘ra, Yerevanda ko‘chalarni to‘sayotgan 134 kishi qo‘lga olindi”, deyiladi rasmiy xabarda. 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular politsiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Hibsga olish vaqtida politsiya nafaqat qoidabuzarlarga, balki jurnalistlarga ham kuch ishlatgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Yerevan markazidagi maydonda 20 mingdan ortiq odam mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib, miting o‘tkazgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

04 Apr 16:20
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin