calendar 14 May 14:33
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bishimbayevga sud hukmi o‘qildi

image

Ostonadagi Sud hay’ati Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevni rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topdi va sobiq amaldor 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud jarayoni Qozog‘iston Oliy sudining YouTube'dagi kanali translyatsiya qilindi

U qiynoq, shafqatsiz qotillik va jinoyatni yashirish moddalari bo‘yicha sudlangan. Uning amakivachchasi Baxitjan Bayjanov ham qotillikni yashirganlikda ayblanib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sud jarayonida hakamlar hay’ati Bishimbayev Nukenovaga nisbatan zo‘ravonlik qilganmi, u haqiqatan ham xotinini o‘ldirganmi, keyinroq izini yashirishga uringanmi, qotillik, qiynoqlar va jinoyatni yashirishda aybdormi, degan savollarga javob berdi.

Bishimbayev umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi uchun barcha sudyalar uni aybdor deb topishlari kerak edi. Bu sodir bo‘lmadi.

Sud 2023 yil 8 noyabrdan 9 noyabrga o‘tar kechasi Bishimbayev rafiqasi Saltanat Nukenovani sakkiz soatcha kaltaklaganini isbotladi.

Ayblovga ko‘ra, janjal chog‘ida mast Bishimbayev xotinining boshiga mushtlari bilan urgan, tepib, hushini yo‘qotguncha bo‘g‘ib turgan. Nukenova vafot etgan, sobiq vazir esa ataylab bir necha soat tez yordam chaqirmagan.

Saltanatning akasining ko‘rsatmasiga ko‘ra, Bishimbayev xotinini muntazam ravishda kaltaklagan. Mulozimning o‘zi ham sudda xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llaganini tasdiqladi. Biroq u qasddan odam o‘ldirishda aybini tan olishdan bosh tortdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-