calendar 11 May 17:46
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda otasini tajovuzda ayblagan o‘smir qizlarning murojaati o‘rganildi  

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qiz onasi vafot etganidan so‘ng singlisi otasi tomonidan zulmga uchrayotgani haqida ma’lum qilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z munosabatini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qashqadaryo viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan M.Sh. va N.Sh. (qiz bolalar)larga nisbatan sodir etilganligi bildirilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari atroflicha o‘rganilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 25 mart kunidan boshlab, M.Sh. va N.Sh.lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lganligi sababli Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlab kelingan.

"Ishchi guruh tomonidan qizlarning kelgusida qaysi qarindoshi bilan yashashni istashi bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. Jumadan, M.Sh. va N.Sh. bilan suhbat jarayonida ular otasi R.N. bilan yashashni mutlaqo istamasligini bildirgan. Qizlarga ko‘ra, otasi R.N. ularni maktabga yuborishni istamay, ta’limga to‘sqinlik qilishi, turli qattiq jismlar bilan urib kelganligi, zaruratsiz og‘ir mehnatga majburlashi (ro‘zg‘orda kir yuvish mashinasi bo‘lsa-da, barcha kirlarni faqat qo‘lda yuvishga majburlashi) ni aytgan", deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, qizlarning aytishicha, buvisi L.N. ham ularga turli tazyiq o‘tkazgan bo‘lib, agar aytganini qilmasa, otasiga urdirtirish bilan tahdid qilib kelgan.

M.Sh. va N.Sh.lar vafot etgan onasining opa-singillari bo‘lgan 2 nafar xolasi ularni yaxshi ko‘rishini aytib, kelgusida ulardan biri bilan yashashga istak bildirgan.

“Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. larning eng ustun manfaatlarini ta’minlash uchun va ijtimoiy vaziyatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida ularning Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanish muddati tegishlicha uzaytirildi”, deyiladi munosabatda.

Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish sharoitini ta’minlay olishi har tomonlama o‘rganilmoqda. Shuningdek qizlarga bo‘lgan nomaqbul munosabatga huquqiy baho berish masalasi huquqni muhofaza qilish organlariga o‘rganish uchun kiritildi.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
141
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka

17 May 21:46
 
59
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

13 May 14:37
 
147
0
xs.uz

Sirtqi taʼlim shakliga qabul butunlay yopiladi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, 2025/2026 oʻquv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari oshiriladi.Ushbu oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorl

17 May 21:46
 
42
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo