calendar 11 May 14:17
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nursulton Ro‘ziboyev “nigohlar jangi”da qatnashdi (video)

image

11 mayga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev amerikalik Xoakin Bakliga qarshi face-to-face marosimida ishtirok etdi.

Tomonlar Toshkent vaqti bilan 12 may tonggida Sent-Luis shahri mezbonlik qiladigan UFC on ESPN turnirida to‘qnash keladi. Turnirning markaziy jangida esa og‘ir vaznda amerikalik Derrik Lyuis braziliyalik Rodrigo Nasimento bilan jang qiladi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Ro‘ziboyev shu vaqtga qadar MMA'da 34 ta jangda g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. Ro‘ziboyevga tengdosh bo‘lgan Bakli esa 24 ta jangda qatnashib, shulardan 18 tasida zafar quchgan, 6 ta to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchragan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 16:16
 
30
0
qalampir.uz

Rossiyalik jangchi aeroportda sayyohni kaltakladi

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi. Bu haqda “Mash” Telegram sahifasi xabar berdi. Manbaga ko‘ra, sportchi erkak sayyohga hujum qilgan. Sayyoh va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan. Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga aeroport xodim

11 Jul 15:12
 
21
0
xs.uz

Angliya toʻrt yil oldingi natijani qaytara oladimi?

Bu Angliya uchun qitʼa birinchiliklarida toʻrtinchi yarim final. Jamoa oxirgi bor 'Yevro-2020'ning finaliga chiqib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi.Niderlandiya uchun esa bu 'yevro'lardagi oltinchi yarim final hisoblanadi. 'Uchar gollandlar'ning ushbu bosqichdagi yagona muvaffaqiyati 1988-yilga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda jamoa finalga chiqib, chempionlikni qoʻlga kiritgandi.Hozirgacha Angliya va Niderlandiya 22 bor oʻzaro toʻqnash kelgan. Ularning 7 tasida Niderlandiya, 6 tasida Angliya gʻa

15 Jul 12:02
 
31
0
qalampir.uz

Mbappe bolaligida to‘p tepgan klubni sotib olmoqchi

Mbappening oilasi Kilian bolaligida o‘ynagan “Kan” klubini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappening butun oilaviy biznesini uning onasi Faiza Lamari boshqaradi, u ayni paytda “Real Madrid” a’zosiga aylangan futbolchining agenti hisoblanadi. Hozirda Mbappelar oilasi “Kan” aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. O‘tgan mavsumni Fransi

02 Jun 18:08
 
16
0
qalampir.uz

Joze Mourino turk klubini boshqaradigan bo‘ldi

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Fenerbaxche” klubi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi. Mourino 2024 yilning yanvaridan beri “Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin klubsiz edi. Saudiyaning “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” klublari murabbiyga qiziqish bildirganiga qaramay, yakunda Joze Turkiya variantini tanladi. Portugaliyalik mut