calendar 11 Jul 15:12
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Angliya toʻrt yil oldingi natijani qaytara oladimi?

image
Bu Angliya uchun qitʼa birinchiliklarida toʻrtinchi yarim final. Jamoa oxirgi bor 'Yevro-2020'ning finaliga chiqib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi.

Niderlandiya uchun esa bu 'yevro'lardagi oltinchi yarim final hisoblanadi. 'Uchar gollandlar'ning ushbu bosqichdagi yagona muvaffaqiyati 1988-yilga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda jamoa finalga chiqib, chempionlikni qoʻlga kiritgandi.

Hozirgacha Angliya va Niderlandiya 22 bor oʻzaro toʻqnash kelgan. Ularning 7 tasida Niderlandiya, 6 tasida Angliya gʻalabaga erishgan. Gollar nisbati 29/31 inglizlar foydasiga.

Jamoalar bungacha Yevropa chempionatining final bosqichida ikki bor toʻqnash kelgan. Jumladan, 1988-yilda oʻtkazilgan musobaqaning guruh bosqichida Niderlandiya Angliyani 3:1 hisobida yenggan. 1996-yilgi qitʼa birinchiligining guruh bosqichida inglizlar oʻsha magʻlubiyat uchun 'uchar gollandlar'da uch olgan: Angliya ' Niderlandiya 4:1.

Jamoalar oxirgi marta 2019-yil 6-iyun kuni toʻqnash kelishgan. UYEFA Millatlar ligasi doirasidagi bahsda 'uchar gollandlar' qoʻshimcha boʻlimlarda gʻalabani ilib ketgandi: Niderlandiya ' Angliya 3:1.



Xoʻsh, Angliya toʻrt yil oldingi natijasini qaytara oladimi? Niderlandiya oʻzi uchun yangi tarix yaratadimi?

Ushbu savollarga bugun Dortmunddagi 'Signal Iduna Park' stadionida javob olamiz.

Qayd etish joizki, ushbu oʻyingoh Angliya jamoasi yulduzlaridan biri, hozirda 'Oltin toʻp' uchun asosiy daʼvogar Jud Bellingem toʻp surgan 'Borrussiya Dortmund'ga tegishli hisoblanadi. Shu boisdan, uni bu shaharda juda yaxshi koʻrishadi. Kecha boʻlib oʻtgan 'Yevro-2024'ning birinchi yarim finalida Ispaniya Fransiyani 2:1 hisobida yutib, finalga yoʻl olgandi.

Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 15:02
 
126
0
qalampir.uz

Shohjahon Ergashev mag‘lubiyatga uchradi

Bugun, 28 iyul kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida o‘tkazilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Ergashevning promouteri “Salita Promotions” o‘z sahifasida ma’lum qildi. Ergashev jang doirasida yengil vazn toifasi bo‘yicha amerikalik Julian Smitga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra (95-94, 95-94, 94-95) amerikalik bokschi

20 Jul 17:08
 
67
0
qalampir.uz

Chempionlik kamarini o‘zimda saqlab qolaman – Isroil Madrimov (video)

Vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingiga kirish 3 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning asosiy orzularidan biri. Bu haqda Madrimovning o‘zi musobaqa tashkilotchilariga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Hayotim yuz foizga o‘zgarib ketdi. Bundan 6 yil oldin professional boksdagi faoliyatimni boshlagandim va bu onlarni o‘shandan beri kutaman. Orzum va maqsadim dunyoning eng zo‘rlari bilan jang q

15 Jul 12:03
 
160
0
xs.uz

Messi koʻzyosh bilan maydonni tark etgan oʻyinda Argentina chempion boʻldi

Bugun tongda 'Copa America' musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Finalda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.Finalning 66-daqiqasida argentinalik futbol afsonasi Messi jarohat oldi va maydonni koʻzyoshlar bilan tark etdi.Oʻyinning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Uchrashuvning 112-daqiqasida 'Inter' hujumchisi Lautaro Martines Kolumbiya darvozasiga gol kiritdi va bu gol oʻyin taqdirini hal qildi.'Copa America'. Final.Argentina ' Kolumbiya 1:0Gol: Laut

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k