calendar 11 May 08:57
eye 41
comments 0
comments Manba: postda.uz

DAVLATMAND DADAM

image

Dadam bolalik davrini va o‘sha og‘ir urush yillarini sira yodidan chiqara olmaydi. Ota-onadan erta ayrilib, Jamila ammam qo‘lida voyaga yetgani va aqli to‘lishib, endi biror kasbning etagini tutaman deganda, ko‘ngillilar qatorida urushga otlanganini har safar bizga hikoya qilib berarkan, qalbimiz g‘ururga to‘ladi. 

Dadam umri davomida qanchadan-qancha sinovlarni boshdan kechirmadi. Yaxshi kunlar keladi, degan umid bilan yashab, kurashdi. Shukrki, orzu qilingan davrlar keldi. Mamlakatimiz osoyishta, aholisi farovon. Hamma tinch-totuv yashab, mehnat qilyapti. Prezidentimizning beqiyos g‘amxo‘rliklari tufayli keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, e’zoz va muruvvatdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilmoqda. 

1942-yil o‘n olti nafar qishloqdosh yigitlar bilan urushga ketgan dadam Stalingradda kechayotgan qirg‘inbarot janglarda qatnashadi. So‘ng Vladivos­tokdagi dengiz piyodalari batalyonida harbiy xizmatda bo‘ladi. Bu orada Kavkazni ham fashistlardan himoya etishda qatnashadi. 1947-yilda ona shahrimiz Buxoroga qaytadi. 

Viloyat bosmaxonasida mas’ul lavozimda ishlab, Buxoro pedagogika institutining tarix fakultetida sirtdan o‘qib, diplomli bo‘lgach, Romitan tumanining Chelong‘u qishlog‘idagi o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilik qiladi. 1969-yildan to 1984-yilgacha ichki ishlar organlarida samarali xizmat qildi. O‘nlab shogirdlar tayyorladi. Rahmatli onamiz bilan yetti nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdi, o‘qitdi, uyli-joyli va kasb-korli qildi. Qisqasi, barchamizni el-yurt xizmatini sharaf deb bilgan kishilar sifatida yetishtirdi. Muxtor akam dadamning izidan borib, kam bo‘lmadi. Afsuski, afg‘on urushida olgan asoratlari tufayli 2007-yil vafot etdi. Olti opa-uka hozir pensiyadamiz. Ayni paytda dadam­ning 19 nabirasi, 38 evarasi va 4 nafar chevarasi bor.  

Bir so‘z bilan aytganda, men shunday insonning farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Zero, dadam mening baxtim, davlatimdir. 


Abror MUHSINOV,

mehnat faxriysi.

Buxoro viloyati.

Suratda: viloyat hokimi Botir Zaripov, IIB boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov va boshqa mutasaddilar urush qatnashchisi Ahmed otaga Prezident tabrigi va mukofotlarni topshiqmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 21:14
 
42
0
xs.uz

Isroil elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini yakunladi

'Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasini, ilgʻor tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz', deydi Mirziyoyeva.

16 Jul 19:13
 
69
0
xs.uz

Qator hududlarda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. 'E.P.' va 'G.B.' MCHJlarning rahbari M.I. tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish uchun ajratilgan 962,5 million soʻm imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida fermer xoʻjaliklariga uskunalarni yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.Shu kabi, departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilga

11 Jul 15:13
 
47
0
xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod

17 Jul 03:40
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonning qaysi hududidan koʻproq ipoteka krediti olingani maʼlum qilindi

Qayd etilishicha, yanvar'iyun oylarida Oʻzbekiston aholisiga 6,88 trillion soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 23 ming 201 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan boʻlib, ularning 16,9 nafari erkaklar (4 trillion 32 milliard soʻm), 9,2 ming nafari xotin'qizlar (2,4 trillion soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.Ipoteka kreditlarining 61 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 39 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 70 foizini 31'50 yosh