calendar 10 May 18:35
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“O‘zbekneftgaz” rahbari yana bir tashkilot raisiga aylandi 

image

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 8 may kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida Bahodir Sidiqov federatsiyaga yangi rahbar etib saylangan.

Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023 yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan. 

Hisobot-saylov konferensiyasida  Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ma’qullandi. Abdullayev 2020 yil yanvaridan 2023 yil martigacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasini ham boshqargan, shundan so‘ng Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
142
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik bokschilar Tailanddagi musobaqada nechta medal yutdi?

Joriy yilning 22-maydan 1-iyungacha Tailandning Bangkok shahri 'Thailand Open' xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqada ikki nafar Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etdi va yurtimiz sportchilari ajoyib natijalar bilan turnirni yakunladilar. Final bahslaridan soʻng Oʻzbekiston vakillari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.Musobaqaning oltin medallarini quyidagi sportchilarimiz yutib olishdi: -50

13 May 14:39
 
154
0
xs.uz

“Real Madrid” Hatoga jiddiy qiziqmoqda

Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi yozgi transfer oynasida 'Ayaks'ning yosh va istiqbolli himoyachisi Jorrel Hato bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 'Team Talk' nashri xabar berdi.Klub ichki siyosatida asosan erkin agentlar bilan ishlashga urgʻu berilishiga qaramay, madridliklar bu safar oʻz qoidasidan chekinishga tayyor. Bunga Hatoning koʻp qirrali oʻyini, yoshligi va taktik moslashuvchanligi sabab boʻlgan.Jorrel Hato koʻpchilik mutaxassislar tomonidan 'yangi A

13 May 14:39
 
135
0
xs.uz

Mirazizbek Mirzahalilovdan Xumorabonu Mamajonovagacha: Oʻzbekiston bokschilari Jahon kubogining ikkinchi bosqichida qanday tarkibda ishtirok etadi?

10-maydan 17-mayga qadar Polshaning Varshava shahrida Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Musobaqa 'World Boxing' tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi va unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz musobaqada kuchli tarkib bilan qatnashadi.Ushbu xalqaro boks turniri jahon miqyosidagi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda dunyoning yetakchi bokschilari oʻzaro bahs olib boradi. Oʻzbekistonlik bokschilar mazkur musobaqada yuqori natijalarni koʻzlab y

31 May 08:50
 
118
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.