calendar 10 May 16:31
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrain tilida qo‘shiq kuylagan qiz “Ovoz” loyihasini tark etdi

image

Davlat tomonidan moliyalashtirilgani ortidan katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Ovoz” loyihasi yana e’tibor markaziga tushdi. Unda ukrain tilida qo‘shiq kuylagan qizga to‘rtta hakamdan birontasi ham qayrilib qaramagani noroziliklarga sabab bo‘ldi. 

Gap shundaki, qiz tanlovdagi chiqishida taniqli ukrainalik xonanda  Kristina Soloviyning mashhur “Trimay” qo‘shig‘ini kuylagan. Ijro davomida hakamlar o‘zaro qo‘shiqning qaysi tilda ekanligi haqida suhbatlashgan. Qo‘shiq tugagandan so‘ng, Ozodbek Nazarbekov qizdan qaysi tilda kuylaganini, Sevara Nazarxon esa, qo‘shiq eski yoki bugungi kunda yozilganini so‘ragan. 

Tanlovning qoidasiga ko‘ra, ijroni yoqtirgan hakam o‘z kursisini xonanda tomonga o‘girishi kerak. San’atkorlar qo‘shiq ularga juda yoqqanini aytganiga qaramay, ular qiz tomonga qarashmagan. Shu sababli ham u tanlovni avtomatik ravishda tark etdi. 

Shundan so‘ng, kuzatuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqeaga salbiy munosabat bildirib, post qoldira boshladi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “Hakamlar qo‘shiq ukrain tilida bo‘lgani uchun hayiqdi. Shu sabab ijrodan so‘ng, qo‘shiqning eski yoki yangiligini so‘rashdi”, degan fikrlar ham ilgari surilmoqda. 

Bundan tashqari, qo‘shiq ostida “Bu qiz fonogramma aytadigan ba’zi xonandalardan yaxshi kuyladi”, “Estradamizda shunday aytadiganlar bormi? Yana nima qilib berishi kerak, tushunmadim?”, "Ajoyib kuyladi, hakamlar uni eshitmadi”, kabi izohlar qoldirilgan. 

Qo‘shiqda shunday jumlalar bor:

“Uyimning o‘rtasida siz menga baqirasiz,

Axir yuragingizdagi dog‘larni qanday o‘chirasiz?

Men esa asirlikda – qo‘rquv ichida,

Kaftingizdagi qush kabi qanotimni yoza olmayman”.

Qayd etish kerakki, qo‘shiq ukrain tilidan tarjima qilganda, “tirik suv” degan ma’noni anglatadi va sevgi haqida hikoya qiladi. U Kristina Soloviy tomonidan 2015 yilda ijro etilgan. Qo‘shiqning so‘zlari va musiqasini xonandaning o‘zi yozgan. U YouTube’ga joylangandan so‘ng, bir necha kun ichida bir milliondan ortiq izoh to‘plagan, bir oy ichida 18 million martadan ortiq ko‘rilgan. Bu uni Ukrainaning eng mashhur 10 ta kliplaridan biriga aylantirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

20 Mar 12:50
 
30
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

12 Apr 21:16
 
326
0
xs.uz

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg