calendar 10 May 15:40
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fayzullayev va Husanov Olimpiadada qatnashadimi? Kapadze javob berdi

image

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Umarali Rahmonaliyev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi legionerlar katta ehtimol bilan shu yili yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Umid qilamanki, legionerlarni tarkibga jalb qilishda muammolarga duch kelmaymiz, boz ustiga klublar uchun mavsum yakunlangan bo‘ladi. Olimpiada vaqtida qaysi futbolchi qanday formada bo‘lishiga ham alohida e’tibor beramiz. FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishni reja qilyapmiz. Shuningdek, Olimpiadaga yaqin qolganda ham yig‘in o‘tkazib, nazorat o‘yinlarida qatnashamiz”, deydi Kapadze.

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Futbol bahslari esa ertaroq start oladi. Kapadze shogirdlari musobaqadagi yurishini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosi Eldor Shomurodov Olimpiadada ishtirok etishi mumkinligi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:40
 
41
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

17 May 21:48
 
62
0
xs.uz

Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi

O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo

04 Jun 02:45
 
144
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik bokschilar Tailanddagi musobaqada nechta medal yutdi?

Joriy yilning 22-maydan 1-iyungacha Tailandning Bangkok shahri 'Thailand Open' xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqada ikki nafar Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etdi va yurtimiz sportchilari ajoyib natijalar bilan turnirni yakunladilar. Final bahslaridan soʻng Oʻzbekiston vakillari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.Musobaqaning oltin medallarini quyidagi sportchilarimiz yutib olishdi: -50

31 May 08:50
 
120
0
xs.uz

Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.