calendar 10 May 13:31
eye 106
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Futzal: O‘zbekiston FIFA reytingida 11-o‘rinni egalladi

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) futzal terma jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Yangi jadvalda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11-o‘rinda qayd etildi.

Hozirda Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi 1288,96 ochkoga ega. Bu borada o‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo jamoalari orasida 3-o‘rinni band etgan.

FIFA reytingida faqatgina Tailand va Eron O‘zbekistondan yaxshiroq pog‘onalarda joylashgan. Tailandliklar 1316,27 ochko bilan 9-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1469,33 ko‘rsatkich bilan Eron 4-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingni 1568,41 ochko bilan Braziliya terma jamoasi boshqarmoqda. Kuchli uchlikka Portugaliya va Ispaniya jamoalari kiritilgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston futzal terma jamoasi bir necha kun avval Tailandda o‘tkazilgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o‘rinni egallagandi. Bronza medallari uchun bahsda o‘zbekistonliklar qo‘shni Tojikistondan penaltilar seriyasida ustun kelgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:06
 
59
0
xs.uz

Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon?

Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Ostana shahrida boʻlib oʻtadigan yirik boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Mazkur turnirni jahonga mashhur 'Top Rank' promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda. Jalolov ushbu kompaniya bilan shartnomaga ega boʻlgani uchun bu xabar haqiqatga yaqin.Qayd etish kerakki, Jalolov 7-fevral kuni Kanadada fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang oʻtkazishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar bokschining yuzida paydo boʻl

04 Apr 16:20
 
40
0
xs.uz

“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi

'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250

28 Feb 01:19
 
82
0
xs.uz

Toshkentda dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi

Toshkent shahri markazida joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabi hududida dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 'Dzyudo sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 286-sonli qaror hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asos

06 Mar 16:13
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekiston terma jamoasi “Strandja”da Qozogʻiston bokschilariga birinchilikni berib qoʻydi

22-fevral ' 2-mart kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida 76-marta anʼanaviy 'Strandja' xalqaro boks turniri boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqa jahon chempionati darajasiga tenglashtirilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin Qozogʻiston terma jamoasiga nasib etdi, ular ham 5 ta oltin medalga ega boʻlishdi, ammo kumush medallar soni boʻyic