calendar 10 May 13:30
eye 39
comments 0
comments Manba: postda.uz

Quvasoy shahar IIBda ochiq eshiklar kuni

image

O‘g‘il-qizlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Quvasoy shahar IIBda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Shu kuni bir guruh yoshlar bo‘limga tashrif buyurib, xodimlarning xizmat faoliyati, bo‘limning moddiy-texnik bazasi, bu yerda tashkil etilgan «Vatanparvarlik burchagi» hamda kutubxona bilan yaqindan tanishdilar.

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fosh etish, tergov-surishtiruv, ekspert-kriminalistika, xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Sohada qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar va maxsus vositalar ko‘rgazma tarzida namoyish qilingani ham yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yigit va qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

O‘z muzbirimiz.

Farg‘ona viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jun 08:03
 
56
0
postda.uz

ASOSIY MAQSAD JAZOLASH EMAS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida Andijon viloyatiga tashrifi davomida quyida bildirgan fikrlari alohida diqqatga sazovor, xususan, “…bitta adashganning beshta qarindoshi bor. Biz o‘sha beshta qarindoshniyam ashaddiy dushman qilamiz: to‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz. Pishillab aytamiz: u falonchining akasi, o‘g‘li, deb. “Chaqirma uni”, deydi. Ularda nima ayb? Ularda nima ayb? Uni do‘s

11 Jul 15:12
 
34
0
xs.uz

Toshkentda bankni oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi

Toshkent shahridagi banklarning birini oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ish ustida dalillar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xakerlik hujumi orqa

11 Jul 15:12
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxira aktivlari qariyb 294 million dollarga kamaydi

Markaziy bank Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-iyul holatiga koʻra 294 million dollarga kamayib, 36,34 milliard AQSH dollarni tashkil etayotganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan (27,31 milliard dollargacha) oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyagacha (31,1034768 grammga teng massa birligi) koʻpaygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 mill

11 Jul 15:13
 
83
0
xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod