calendar 11 Jul 15:12
eye 148
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda bankni oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi

image
Toshkent shahridagi banklarning birini oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ish ustida dalillar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xakerlik hujumi orqali noqonuniy oʻzlashtirishga uringan shaxslarning qilmishlari fosh etilgan.

Xususan, aniqlanishicha, Toshkent shahridagi banklardan birining sobiq xodimi hozirgi kunda mazkur bankda mutaxassis lavozimida ishlovchi tanishidan bankning dasturiy taʼminoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSH dollari evaziga sotib olgan.

Soʻngra, u Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 51 yoshli muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 35 yoshli fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, dastlab bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd. soʻm mablagʻni xaker jalb qilgan holda oʻgʻirlashni, keyin esa offshor hududlar orqali chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga oʻtkazishni reja qilishadi.

Qonunbuzarlar 189 mlrd. soʻmni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga oʻtkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ular oʻzlarining qabih niyatlari amalga oshgan taqdirda, goʻyoki bankning dasturiy taʼminotiga chet eldan xakerlik hujumi boʻlganligi toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumot tarqatishni rejalashtirishgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi 'a' bandi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
132
0
xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg

17 May 21:47
 
38
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K

04 Jun 02:44
 
121
0
xs.uz

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risidaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniAholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:I.'Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish1.'2025-yil 1-iyuldan'boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta'

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.