O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida Andijon viloyatiga tashrifi davomida quyida bildirgan fikrlari alohida diqqatga sazovor, xususan, “…bitta adashganning beshta qarindoshi bor. Biz o‘sha beshta qarindoshniyam ashaddiy dushman qilamiz: to‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz. Pishillab aytamiz: u falonchining akasi, o‘g‘li, deb. “Chaqirma uni”, deydi. Ularda nima ayb? Ularda nima ayb? Uni do‘st qilishimiz kerak, uni chaqirishimiz kerak. Uni ma’rifatga chaqirishimiz kerak”.
Darhaqiqat yurtboshimizning fikrlarida asli xalqimizning qon-qoniga singan azaliy bag‘rikenglik, kengfellik va oliyjanoblik xislatlariga boy fazilatini namoyon qilmoqda. Ya’ni biz kecha yoki bugun shunday fazilat egasiga aylanib qolmadik. Shu diyorda yashagan va uni tarixini bilgan katta-yu kichik biladi, bu o‘lka bag‘rida yashatgan har bir fuqaroga hamisha to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan va shu jamiyatga qo‘shilib ketishi uchun qo‘llab-quvvatlagan.
Bugungi kunda deyarli har kuni qaysidir qonun hujjatiga o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritilayotganligi, huquqiy islohotlar olib borilayotganligi borasidagi xabarlar qulog‘imizga chalinadi. Haqiqattan ham bu borada ish olib borayotgan katta-katta muassasalar, ilmiy markazlar va institutlar mavjud. Ushbu huquqiy islohotlar zamirida ham shunday jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etib adashgan shaxslarni qayta tarbiyalash, ularni yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek ma’rifatga boshlab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish nazarda tutilganmi? Yoki bu qonunlar va ularga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan maqsad shaxsni jazolashmi?
Dunyo mamlakatlari jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligida shaxslarning huquq va manfaatlarini oliy darajada ta’minlash muhim rahbariy qoida sifatida mustahkamlangan. Xususan, jinoyat protsessual qonunchilikda jabrlanuvchining manfaatlarini ta’minlash va mazkur munosabatlarga oliy qadriyat sifatida qarash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, shaxsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar mazkur ijtimoiy munosabatlarning markazida bo‘lgan jinoyat natijasida kelib chiqadi. Demak, jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilik tizimining huquqiy mezonni ta’minlashdagi asosiy vazifasi bu – jinoyat natijasida huquq va manfaatlariga putur yetgan shaxs, – jabrlanuvchini buzilgan huquqlarini tiklash va unga yetkazilgan zararni qoplanishi bo‘lib hisoblanadi. Dastavval qonun chiqaruvchi jabrlanuvchining huquqlarini tiklash bo‘yicha me’yorlarni yaratishi, shundan so‘ng jinoyat sodir etgan shaxsga adolatli jazo berishi va bunda ham jabrlanuvchinining talablarini inobatga olish borasidagi normalarni ishlab chiqishi talab etiladi.
Demak, mamlakatimizning jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini asosiy maqsadi har bir jinoyat bo‘yicha adolatni tiklash ya’ni, eng avvalo putur yetgan huquqni tiklash va o‘rnini qoplash, shundan so‘ng jinoyat uchun javobgarlikni muqarrarligini ta’minlash bo‘lib hisoblanar ekan.
Shundan kelib chiqqan holda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas'ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida jaholat yo‘lidan qaytgan, adashganini anglab yetgan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan jamoaviy va yakka tartibda ish olib borilmoqda. Har bir shaxsning dunyoqarashi, fikri, adashib noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolganidan pushaymonligi, oilasi, farzandlari hamda Vatan oldidagi burch va mas'uliyatlari haqida batafsil muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitisiyasining
29-modda beshinchi qismida “Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega”ligi mustahkamlangan. Bu esa o‘z navbatida har qanday jinoyat yo‘liga adashib kirib qolan shaxsning afv etilishi huquqi konstitusiya darajasida mustahkamlanishiga zamin yaratdi.
Alisher TURG‘UNOV,
Olmazor tumani Jinoyat ishlari
bo‘yicha sudi sudyasi.
Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj
Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin
Oʻzbekistonda dollar kursi “qulamoqda”
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'62,87 soʻmga'tushdi va'12 768,26 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'142,76 soʻmga'pastladi va'14 400,04 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,56 soʻmga'tushib,'162,63 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,20 soʻmga'oshib,'12 895,55 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'196,91 soʻmga'pastlab,'14 338,56 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,70 soʻmga'koʻtarildi va'159,38 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,03 soʻmga'oshdi va'12 939,93 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'67,39 soʻmga'koʻtarildi va'14 725,64 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,41 soʻmga'tushib,'162,03 soʻmni'tashkil etdi.