Qashqadaryo viloyati 3-sektori rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish o‘quv kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi. Yoshlarga hunar o‘rganish davomida har bir dars mashg‘ulotini qunt bilan o‘rganib, kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lish lozimligini uqtirdi.
Polkovnik Abduvohid Ismoilov so‘ng Qarshi shahri “Oydin” mahallasi yettiligi bilan suhbatlashdi. Mahalladagi iqtisodiy-ijtimoiy holat, uyushmagan yoshlar, ishlash yoki boshqa maqsadlarda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolar bandligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha mas'ullarga o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
Sodiq RAHIMOV,
o‘z muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
Oltin quymalari narxi bir kunda sezilarli darajada oshdi
Oʻzbekiston Markaziy banki oltin quymalari va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari qiymati yana yuqorilagani toʻgʻrisida xabar berdi.23-yanvar holatiga koʻra, oltin quymalarining narxi bir kun oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada koʻtarildi. Xususan, 5 grammli quymaning narxi 34 ming soʻmga qimmatlashib, 5,9 million soʻm, 10 grammli esa 68 ming soʻmga koʻtarilib, 11,8 million soʻmdan sotilmoqda. Shuningdek, 20 grammli quymaning qiymati ham 138 ming soʻmga
Elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar Oʻzbekistonga qancha soliq toʻlagan?
2024-yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya jami 115,8 milliard soʻm soliq toʻladi. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 1,5 barobarga koʻp.Soliqlarning 99,9 foizi onlayn xizmat taqdim etuvchi yirik 10 ta xorijiy kompaniyaning hissasiga toʻgʻri keladi. Bulardan eng koʻp toʻlov amalga oshirganlar 'Meta' (41,7 mlrd), 'Google' (29 mlrd) va 'Apple' (27,3 mlrd) boʻlib qolmoqda.Ulardan keyingi oʻrinlar quyida keltirilgan:'Amazon' ' 4,1 milliard soʻm;'Boo
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
2025-yil 1-apreldan Oʻzbekistonda elektr va gaz uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar kuchga kiradi.Ushbu qaror infratuzilmani modernizatsiya qilish va energiya quvvatini oshirish zarurati bilan izohlangan. Kompaniya vakillarining soʻzlariga koʻra, yoqilgʻi va neft mahsulotlari narxi oshganiga qaramay, 2018-yildan beri elektr energiyasi tariflari qayta koʻrib chiqilmagandi.HET departamenti direktori oʻrinbosari Diyor Nishonov eskirgan transformatorlarni almashtiris
Dollar, rubl va yevroning rasmiy kursi pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 30-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 6,64 soʻmga pasayib, 12 968,34 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 48,43 soʻmga pastlab, 13 492,26 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,74 soʻmga tushdi va 132,32 soʻmni tashkil qildi.