So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga undovchi chaqiriqlarga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Shunga qaramay, bunday noxush holatlar yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga bog‘liq yo‘nalishlarda ham uchramoqda.
Haydovchilik guvohnomalarini olishda yaratilgan shaffof tizim bo‘lajak haydovchilarni yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishga undayotgan bo‘lsa-da, ayrim shaxslar bu hujjatni olishning «oson» yo‘llarini izlab, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmoqdalar. Achinarlisi, ko‘plab yurtdoshlarimiz haydovchilik guvohnomasini ma’lum bir qiymatdagi moddiy boyliklar evaziga olib berishni va’da qilgan firibgarlarga ishonib, jinoyat qurbonlariga aylanib qolayotir.
– Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro go‘yoki viloyat IIB YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga fuqarodan 700 AQSH dollari va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ushlangan, – deydi IIV JXD YHXX Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik Dilnoza Rajabova. – Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi belgilangan. Mazkur qarorga muvofiq, tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun joylardagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, belgilangan litsenziyaga ega bo‘lgan o‘quv tashkilotlarida, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida tegishli toifalar bo‘yicha har xil muddatda ta’lim olishingiz, shuningdek, o‘quv yakuni bo‘yicha berilgan guvohnomaga asosan joylardagi Imtihon markazlarida, bunday markazlar tashkil etilmagan joylarda esa hududiy YHXBlarida nazariy va amaliy imtihonlarni topshirib, haydovchilik guvohnomasini olishingiz kerak bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, sizga haydovchilik guvohnomasini pul evaziga noqonuniy yo‘llar bilan olib berishni taklif qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling, ularga aldanib qolmang. Haqiqiy haydovchilik guvohnomasi yo‘llarda siz va yaqinlaringiz, qolaversa, o‘zgalarning hayoti va sog‘lig‘i kafolati ekanligini unutmang.
Sherzod ABDUSAMADOV,
o‘z muxbirimiz.
“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi
Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi 'Puma' shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda 'JPMorgan' tahlilchilari xabar berdi.Payshanba kungi holatiga koʻra, 'Puma' aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.K
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,71 soʻmga koʻtarilib, 12 974,98 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,48 soʻmga pastlab, 13 540,69 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,32 soʻmga koʻtarildi va 133,06 soʻmni tashkil qildi.
Bu yil uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm ajratiladi
Uy-joy qurishda asosiy eʼtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʼkidlandi.Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish oʻrni koʻpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaha
Xorijiy valyutalarning “ketmoni uchish”da davom etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 23-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,56 soʻmga oshib, 12 990,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 127,86 soʻmga koʻtarilib, 13 570,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,96 soʻmga oshdi va 131,86 soʻmni tashkil qildi.