Nagoya shahrida birinchi “Oʻzbekiston—Yaponiya savdo uyi” ochildi

Tadbir avvalida Nagoya shahri meriyasining Iqtisodiyot, sanoat va transport boshqarmasi boshligʻi Masatoshi Xiguchi soʻzga chiqib, 'Oʻzbekiston'Yaponiya savdo uyi'ning tashkil etilishi soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlik aloqalari jadal surʼatlarda rivojlanib borayotganidan dalolat ekanligini maʼlum qildi. U, shuningdek, mazkur savdo uyi orqali Yaponiyada oʻzbek milliy mahsulotlariga boʻlgan qiziqish yanada ortishi, mamlakatimizdan turli xil mahsulotlar eksporti koʻpayishiga umid bildirdi.
Elchi Muhsinxoʻja Abdurahmonov oʻz nutqida, soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan ikki davlat oʻrtasidagi savdo aloqalari haqida maʼlumot berdi.
Ishtirokchilar yurtboshimiz boshchiligida mahalliy eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, eksportni ragʻbatlantirish, eksport bozorini diversifikatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan tanishdilar.
Oʻzbekistonning Nagoyadagi faxriy konsuli Xiroyuki Ito oʻz maʼruzasida, soʻnggi yillarda yapon kompaniyalari orasida mamlakatimizdan oziq-ovqat, toʻqimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik mahsulotlarini import qilishga qiziqish tobora ortib borayotganini taʼkidladi. Nagoya shahrida tashkil etilgan 'Oʻzbekiston'Yaponiya savdo uyi' Yaponiyada oʻzbek mahalliy mahsulotlarini keng targʻib qilish, yangi eksport shartnomalarini imzolashda koʻmaklashish, yangi logistika yoʻnalishlarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutishi maʼlum qilindi.
Hozirgi kunda ushbu savdo uyida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, hunarmandchilik, kulolchilik, kasanachilik, toʻqimachilik mahsulotlarining ulgurji va chakana savdolari amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash kerakki, mamlakatimiz elchixonasining bevosita koʻmagida ushbu savdo uyida sotiladigan mahsulotlar turlarini koʻpaytirish, shuningdek, qovun va uzum eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda 'Oʻzbekiston'Yaponiya savdo uyi'da tashkil qilingan shou-rumda mahalliy mahsulotlar taqdimotini amalga oshirish masalalari ishlab chiqilmoqda.
Taʼlim-tarbiyada tanaffus yoʻq
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi yozgi taʼtil kunlarida ham oʻquvchilarning bilim olishlari va jismoniy chiniqishlari uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ayni loyiha ijrosi doirasida 42 ta umumtaʼlim muassasalarida kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Kunduzgi oromgohlarga 5200 nafardan ziyod oʻquvchi jalb qilinishi moʻljallangan. 'Barkamol avlod' bolalar maktabining 168 ta tarmoq
Sifatli taʼlim qaygʻusi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz