calendar 23 Apr 03:35
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Surxondaryoda anʼanaviy “Kitobxonlik haftaligi” oʻz ishini boshladi

image
Farhod ESONOV / 'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kungi '2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qarori asosida 2021-yildan buyon mamlakatimizda har yili aprel oyida 'Kitobxonlik haftaligi' oʻtkazilib kelinmoqda.

Har yili anʼanaga aylangan mazkur haftalik doirasidagi tadbirlarga bugun Surxondaryo viloyatida ham start berildi.

Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi, Adib Sobir Termiziy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi va boshqa manfaatdor tashkilot, muassasalar hamkorligida tashkil etilayotgan 'Kitobxonlik haftaligi' joriy yilning 22-26-aprel kunlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

'Kitobsevar millat' shiori ostida tashkil etilgan haftalikning tantanali ochilish marosimida soʻz olganlar keyingi yillarda mamlakatimizda aholi oʻrtasida kitobxonlikni ommaviylashtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

' Prezidentimizning 2017-yil 13-sentyabrdagi 'Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida'gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, ' deydi viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Zaxiriddin Toʻrayev. ' Surxondaryo viloyatida ham mazkur qarorning ijrosi yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, vohada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalarning taʼlim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazishga alohida ahamiyat berilmoqda. Haftalik doirasida tashkil etiladigan amaliy seminarlar, ochiq muloqotlar, milliy forum va turli dasturlar kutubxonachilik, noshirlik hamda bolalar adabiyoti yoʻnalishidagi dolzarb muammolarga yechim topishda muhim ahamiyatga ega.

'Kitobxonlik haftaligi' mazkur yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir. Haftalik davomida 'Ochiq eshiklar kuni' kitoblar koʻrgazmasi, 'Bir farzandga uchta kitob', 'Bir haftada bir kitob', 'Farzandimga kitob sovgʻa qilaman' aksiyalari tashkil etiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida oilaviy kitob oʻqish anʼanasini yoʻlga qoʻyish maqsadida 'Eng yaxshi kitobxon oila', 'Eng yaxshi kitobxon ustoz', 'Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi' tanlovlari oʻtkaziladi.

' Mazkur haftalikdan koʻzlangan maqsad aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitob oʻqishni keng targʻib etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir, ' deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari Mengnor Ollomurod. ' Haftalik doirasida joylarda oʻtkaziladigan tadbirlar doirasida kitob yarmarkalarining ham tashkil etilishi barcha uchun foydali boʻlishi shubhasiz.

Shu kunning oʻzida yangi nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

'Kitobxonlik haftaligi' doirasidagi tadbirlar vohaning barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
84
0
qalampir.uz

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar noma’lum muddatga yopiladi

Bugun, 15 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati quyidagi hududlarda vaqtinchalik cheklanadi: Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Mali

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

15 Jul 12:03
 
157
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.