calendar 11 Apr 14:01
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda ilk bor Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi savdoni soddalashtirish boʻyicha nufuzli anjuman oʻtkazilyapti

image
Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorligida Osiyo ' Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bagʻishlangan 11-xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.

Unda 30 dan ortiq mamlakatdan 250 nafardan ziyod xususiy va davlat kompaniyalarining masʼullari, xalqaro ekspertlar, oʻndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari qatnashmoqda.

Ayni paytda savdo, transport-logistika, raqamlashtirish va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali savdoni soddalashtirish va biznes yuritishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib boryapti.

' Forumining asosiy maqsadi Osiyo ' Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish va bu jarayonga har bir bojxona hamda savdo vazirligi xodimlarini jalb qilishdan iborat, ' deydi Janubiy Koreyalik xalqaro ekspert Kijin Kim. ' Ishtirokchilar oʻz mamlakatlaridagi bilim va tajribalarini almashishlari va boshqalardan oʻrganishlari mumkin. Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Osiyo ' Tinch okeani mintaqasidagi savdoni soddalashtirish boʻyicha tadbir Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilyapti. Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlida dadil qadam qoʻymoqda. Qolaversa, Oʻzbekiston savdo turlarini osonlashtirish boʻyicha eng yaxshi davlat ekanligi uchun ham biz shu yerdamiz. Oʻylaymanki, bu hammamiz uchun birdek manfaatli boʻladi.

Forumda Osiyo ' Tinch okeani mintaqasida savdosini soddalashtirish uchun raqamlashtirishdan qanday foydalanish mumkinligiga eʼtibor qaratilyapti. Shuningdek, interfaol va informatsion sessiyalar oʻtkazilmoqda. Ishtirokchilar savdoni soddalashtirish va raqamlashtirishning oʻziga xos ahamiyati boʻyicha tajriba almashib, istiqboldagi rejalarni belgilab olish imkoniga ega boʻlishyapti.

Forum 5-aprelga qadar davom etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
305
0
xs.uz

Poytaxtimizda “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” xalqaro charm mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi

Poytaxtimizdagi 'O'zekspomarkaz' markaziy ko'rgazmalar majmuida 'UzCharmExpo-EurAsia ' 2025' charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va qorako'l hamda mahalliylashtirilgan mahsulotlar 18-xalqaro ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.'O'zcharmsanoat' uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, 'Xalq banki' hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo hamda Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya davlatlaridan 200 ga yaqin kompaniya o'z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.Ko'rgazmaning tantanali ochil

04 Apr 16:20
 
58
0
xs.uz

Xalqaro tadbir oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi ayrim OTM, texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumot berdi.Unga koʻra, joriy yilning 4html5-dom-document-internal-entity1-minus-end5-aprel kunlari Samarqand shahrida 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi rasmiy sammiti hamda 'Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlida birdamlik' mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.Ma

20 Mar 12:54
 
48
0
xs.uz

OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi

Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida

04 Apr 16:20
 
61
0
xs.uz

2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e