Poytaxtimizda “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” xalqaro charm mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi

'O'zcharmsanoat' uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, 'Xalq banki' hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo hamda Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya davlatlaridan 200 ga yaqin kompaniya o'z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Ko'rgazmaning tantanali ochilishida 'O'zcharmsanoat' uyushmasi o'rinbosari Mirsaid Zohidov va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar mas'ullari so'zga chiqib, mazkur tadbir charm sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilari uchun muhim platformaga aylanishini qayd etdi.
Ta'kidlanganidek, 'UzCharmExpo-EurAsia ' 2025' ko'rgazmasi nafaqat mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi, balki eksport va investitsiyalarning o'sishida muhim ahamiyat kasb etadi.
'O'zcharmsanoat' uyushmasi o'rinbosari Mirsaid Zohidovning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda mamlakatimiz korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, investitsiyalar oqimini kengaytirish, charm sanoatiga qator xorijiy yirik investitsiya loyihalarini jalb qilish va xalqaro brendlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ko'rgazma doirasida V2V, G2B, G2G formatidagi muzokaralar va uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Shuningdek, ko'rgazmada ishtirok etayotgan ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari va innovatsiyalari bo'yicha taqdimotlar o'tkazilyapti.
Ko'rgazma o'z ishini davom ettirmoqda.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,93 soʻmga'tushdi va'12 968,38 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'14,01 soʻmga'koʻtarilib,'14 343,03 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,18 soʻmga'oshdi va'152,37 soʻmni'tashkil qildi.
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi
Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida