calendar 11 Apr 14:01
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

FAO Fargʻona vodiysida «aqlli qishloq xoʻjaligi»ni targʻib qilmoqda

image
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Andijon va Namanganda tashkil etilgan 'aqlli qishloq xoʻjaligi'ni joriy etish boʻyicha seminar-treninglarda Marhamat, Kosonsoy va Yangiqoʻrgʻon tumanlari qishloq aholisidan 60 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi.

Olimlar va tajribali agronomlar ishtirokchilarga oʻz tomorqa xoʻjaliklarida sabzavot, kartoshka va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish texnologiyalari, yerdan unumli foydalanish va yuqori sifatli mahsulot yetishtirishning innovatsion usullari, iqlimga moslashgan dehqonchilik usullarini joriy etish boʻyicha zamonaviy bilim va tajribalarni oʻrgatdilar. Oʻquv dasturi doirasida dala tashriflari, yaʼni, issiqxonalarda amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.

Treninglar davomida olingan yangi bilim va koʻnikmalar ishtirokchilarga oʻz tomorqalarida ekinlar hosildorligini oshirish va shu bilan birgalikda, daromadlarini ham koʻpaytirishga imkon beradi. Fargʻona vodiysining chegaradosh hududlari aholisi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Maʼlumki, tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik va totuvlik iqtisodiy barqarorlik garovidir va bu loyihaning maqsad va vazifalarga toʻla javob beradi.

BMT Bosh kotibi huzuridagi tinchlik qurish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan va FAO hamda Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) tomonidan bir qator hamkorlar bilan birgalikda BMTning Qoʻshma dasturi sifatida amalga oshirilayotgan 'Oʻzaro hamkorlik orqali Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning chegara oldi hududlarini rivojlantirish' loyihasi doirasida doimiy ravishda oʻquv tadbirlari tashkil etilmoqda. Loyiha Fargʻona vodiysi chegarasining har ikki tomonida qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish orqali yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
15
0
postda.uz

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI KERAKMI...?

So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga undovchi chaqiriqlarga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Shunga qaramay, bunday noxush holatlar yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga bog‘liq yo‘nalishlarda ham uchramoqda.Haydovchilik guvohnomalarini olishda yaratilgan shaffof tizim bo‘lajak haydovchilarni yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishga undayotgan bo‘lsa-da, ayrim shaxslar bu hujjatni olishning «oson» yo‘llarini izlab, noqonuniy xatt

10 May 13:30
 
9
0
postda.uz

ВИДЕОУЧРАШУВ ХИЗМАТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛМОҚДА

Инсон қадри – улуғЎзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси Демократик институтлар, нодавлат ташкилотлар ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг "Жазони и

11 Apr 13:55
 
40
0
postda.uz

YIGIT KISHINING BURCHI

Xizmatdan bo‘sh paytla­rida jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishadi, kitob mutolaa qilishadi. Jamoada «ustoz-shogirdlik» an’analari keng rivojlangan. Yosh xodimlarga tajribali harbiy xizmatchilar murabbiy etib tayinlanadi. Vzvod shaxsiy tarkibi har yili Ichki ishlar vazirligi hamda Qorovul qo‘shinlari miqyosida o‘tkazilayotgan sportning qo‘l jangi, boks, kurash va sambo turlari bo‘yicha musobaqalari, hamda «Dovyurak jang­chi» va «Alvon beret» kiyish huquq

11 Apr 14:02
 
42
0
xs.uz

Surxondaryoda sayyohlikning yangi mavsumi boshlandi

Yarmarkada vohada faoliyat yuritayotgan turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, xostel va oilaviy mehmon uylari, sanatoriylar vakillari hamda korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalarining boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya ishtirok etdi.Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dilmurod Hafizov yarmarka mohiyati xususida alohida toʻxtaldi:' Viloyatimi