Xizmatdan bo‘sh paytlarida jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishadi, kitob mutolaa qilishadi. Jamoada «ustoz-shogirdlik» an’analari keng rivojlangan. Yosh xodimlarga tajribali harbiy xizmatchilar murabbiy etib tayinlanadi.
Vzvod shaxsiy tarkibi har yili Ichki ishlar vazirligi hamda Qorovul qo‘shinlari miqyosida o‘tkazilayotgan sportning qo‘l jangi, boks, kurash va sambo turlari bo‘yicha musobaqalari, hamda «Dovyurak jangchi» va «Alvon beret» kiyish huquqini berish sinovlarida ham faol qatnashib, bir qator yuksak natijalarga erishib kelmoqda.
Xususan, vzvod komandiri, kapitan Nurali Karimov 2022-yilda «Dovyurak jangchi» intensiv sinovlarda g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlar miqyosida o‘tkazib kelinayotgan «O‘z kasbining ustasi» ko‘rik-tanlovida ham faol qatnashib, 2022–2023-yillarda tanlovning «Eng ilg‘or guruh komandiri» nominatsiyasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi musobaqasida katta leytenant Sirojiddin Oqqulov va oddiy askar Mahmud Murodov birinchi o‘rinni, kichik serjant Aydinbay Kenesbayev ikkinchi o‘rinni egallab, jamoaning faxriga aylandi. Hozirgi kungacha III darajali serjantlar S. Hamdamov,
N. Achilov, kichik serjantlar A. Po‘latov, M. Xo‘jamurodov, O. Rasulov,
B. Shukurov «Dovyurak jangchi» nishonini olishga musharraf bo‘lishdi. Qolaversa, kichik serjantlar S. Ergashev va D. Tajiyev qo‘shin qo‘mondoni tashabbusi bilan joriy etilgan «Alvon beret» kiyish huquqini berish sinovlaridan o‘tishdi. Qorovul qo‘shinlari tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan III darajali serjant Nosir Achilov «Qo‘shin a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Qisqasi, mazkur harbiy qismning maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodida Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarayotgan mard va jasur yigitlar xizmat qilmoqda. Shundaylar bor ekan, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz yanada farovon bo‘laveradi.
Elyor GAFFOROV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt
Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 31-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,33 soʻmga pasayib, 12 957,01 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 6,60 soʻmga pastlab, 13 485,66 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,19 soʻmga tushdi va 132,13 soʻmni tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.
“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi
Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi 'Puma' shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda 'JPMorgan' tahlilchilari xabar berdi.Payshanba kungi holatiga koʻra, 'Puma' aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.K