calendar 14 May 14:45
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Britaniyalik bokschi debyut jangida zarbadan vafot etdi

image

29 yoshli britaniyalik bokschi Sherif Laval o‘zining birinchi professional jangida raqibidan zarba o‘tkazib yuborganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 12 may kuni Angliya poytaxti Londonda o‘tkazilgan turnirda Laval portugaliyalik Malam Varelaga qarshi ringga chiqqan. Malam Varela raqibiga zarba berganidan keyin Laval hushidan ketgan. Jang to‘xtatilgan, shifokorlar birinchi yordam ko‘rsatgan, biroq Sherif shifoxonaga yetib borgach vafot etgan.

Mamlakatda professional boksning boshqaruv organi sifatida faoliyat yurituvchi Britaniya boks nazorati kengashi sportchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Laval boks bilan 2018 yildan beri shug‘ullanib kelgan. Uning raqibi portugaliyalik Malam Valera esa allaqachon oltita professional jang o‘tkazishga ulgurgan.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
38
0
xs.uz

Mbappe “Real” uchun gol urgan oʻyinda UYEFA Superkubogiga ega chiqdi

'Real Madrid' soʻnggi anʼanaviy UYEFA Superkubogida Italiyaning 'Atalanta' klubi ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.Birinchi boʻlimda zerikarli oʻyin boʻlgan boʻlsa-da, ikkinchi boʻlim 'Real'ning ustunligida davom etdi. 59-daqiqada ajoyib 'solo' yurishidan soʻng Vinisius Juniorning uzatmasini Valverde golga aylantirdi. 68-daqiqada esa 'qaymoqranglilar' safida debyutini oʻtkazgan Kilian Mbappe dastlabki golini urdi.Qolgan daqiqalarda darvozalar ishgʻol etilmadi va 'Real' UYEFA Superkubo

28 Jul 20:08
 
116
0
qalampir.uz

Olimpiadadan erta ketish niyatimiz yo‘q edi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya sport o‘yinlarida futbolchilarga tajriba hamda omad yetishmaganligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. “Bunday erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Birinchi uchrashuvda ham, bugungi uchrashuvda ham qayerdadir omad, qayerdadir tajriba yetishmadi. Olimpiada tarovatini his qildik. Bemalol, o‘

14 Aug 06:38
 
24
0
xs.uz

Bulungʻur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovgʻa qildi

Parij Olimpiadasi ishtirokchisi, boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Sitora Turdibekova Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tantanali kutib olindi. Bu haqida hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.Tuman hokimi Samandar Astanov bokschi qizning Parijdagi turnirning nimchorak finalida xitoy taypeyilik raqibiga alamli tarzda magʻlub boʻlganiga qaramay, musobaqada munosib ishtirok etib, olqishlarga sazovor boʻlganini qayd etdi va unga yangi uy sovgʻa qildi.Shuningdek, bok

22 Jul 15:31
 
52
0
qalampir.uz

“Andijon” 200 ming dollarga futbolchi sotdi

“Andijon” futbol klubining 21 yoshli a’zosi Sherzod Esonov Rossiyaning “Akron” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Andijon” jamoasi matbuoti matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasida Tolyatti jamoasidan Esonov transferi bo‘yicha jiddiy taklif tushgan. Ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng Esonov “Akron” jamoasiga 200 ming AQSH dollariga transfer qilingan. Qayd etish joiz, “Akron&rdqu