calendar 11 Apr 14:02
eye 52
comments 0
comments Manba: xs.uz

Surxondaryoda sayyohlikning yangi mavsumi boshlandi

image
Yarmarkada vohada faoliyat yuritayotgan turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, xostel va oilaviy mehmon uylari, sanatoriylar vakillari hamda korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalarining boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dilmurod Hafizov yarmarka mohiyati xususida alohida toʻxtaldi:

' Viloyatimizda barcha sohalar kabi turizm ham yildan yilga rivojlanmoqda. Ayniqsa, bu borada ziyorat, arxeologik, ekoturizm yoʻnalishlariga qiziqish ortib bormoqda. Bunga bir misol, 2023-yilning birinchi choragida ichki turistlar soni 380 ming nafarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning shu davrida bu koʻrsatkich 450 ming nafarga yetdi.

Ushbu yarmarkadan koʻzlangan asosiy maqsad ham ichki turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Xususan, maqsadimiz mamlakatimizda mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb qilish, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qoʻllab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni isteʼmolchilarga tanitishdan iborat.

' Surxondaryo viloyati Markaziy Osiyoning koʻhna madaniyat oʻchoqlaridan biridir, ' deydi Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati hokimiyati Turizm boshqarmasi boshligʻi Rustam Hakimzoda. ' Hududlarda topilgan koʻhna manzilgohlar va qoyatoshlarga chizilgan suratlar bu hududlarda odamlar eng qadimgi davrlardan buyon yashab kelayotganidan darak beradi. Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan mazkur hudud qadimdan sayyohlar eʼtiboridan tushmay keladi. Vohaning oʻtmish va zamonaviylik uygʻunlashgan manzilgohlari, islom sivilizatsiyasi oʻchoqlari, muzey va masjidlar, hunarmandchilik markazlari, umuman olganda boy tarixiga qiziqish katta. Shu maʼnoda, turizm sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama teng manfaatlidir.

Darhaqiqat, Surxondaryoning boy tarixi, noyob arxeologik yodgorliklari, oʻziga xos tabiati bor. Mazkur hudud jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi bilan alohida mavqega ega. Yuzga yaqin madaniy yodgorliklar, qadimgi manzilgoh, muborak qadamjolar sayyohlar eʼtiborini qozonib kelmoqda. Turistlarga yuqori xizmat koʻrsatish uchun birgina Termiz shahrining oʻzida yigirmadan ortiq zamonaviy mehmonxona, oʻnlab mehmon uylari, ellikka yaqin barcha talablarga javob beradigan restoran, kafelar, madaniyat uylari, koʻngilochar bogʻlar, savdo majmualari kunu tun mehmonlar xizmatida.

Yarmarka doirasida ishtirokchilarga viloyatning har bir hududi sayyohlik jozibadorligi aks etgan tarqatma materiallar taqdim etildi. Sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, kuy-qoʻshiq va videoroliklar namoyishi ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Farhod ESONOV

('Xalq soʻzi').


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
4
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

09 Oct 12:40
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.

10 Oct 10:40
 
4
0
xs.uz

Nochorlikdan tadbirkorga aylangan “zirapcha”

Said Donishev/'Xalq soʻzi'. Hayot yoʻli tekis emas. Oʻnqir-choʻnqirlari, pastu balandliklari baʼzan inson aqlini shoshirib qoʻyadi. Qahramonimiz Komila Joʻrayeva har safar farzandlarini qanday qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazganini oʻylasa, bugungi dorilamon kunlari uchun behisob shukrona aytadi.Bolalikda uning ham orzulari koʻp edi. Oʻqituvchi boʻlishga havasi bor. Goho oʻzini oq xalatli shifokor tasavvur qilardi. Biroq hayot sinovlari barchasini oʻzgartirib yubordi. Oila... Farz

09 Oct 12:36
 
4
0
postda.uz

Litsey rahbariyati maktabda

IIV Qashqadaryo akademik litseyiga biriktirilgan Qarshi tumanidagi 6-maktabda ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida litsey rahbariyati bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, fanlardan a'lochi o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilishdi. Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oliy ta'limga qamrov darajasini oshirish va kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga oid takliflarni