calendar 11 Apr 14:01
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi 50 jildlik kitob-albomlar Britaniya muzeyiga topshirildi

image
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan taqdim etilgan kitoblarni topshirish tadbiri Britaniya muzeyi direktori Mark Jons va xodimlar ishtirokida tantanali tarzda oʻtkazildi. Unda yigʻilganlarga mazkur kitob-albomning har bir jildi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Qayd etilganidek, ushbu kitoblarning har biri xorijiy davlatlar kutubxonalari va muzeylarida yoki shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan Oʻzbekiston artefaktlariga bagʻishlangan.

Tasviriy turkumga xalqaro miqyosda tan olingan durdona asarlar ham, kam maʼlum boʻlgan yoki keng jamoatchilik va mutaxassislarga mutlaqo nomaʼlum boʻlgan namunalar ham boʻlishi mumkin. Uch tildagi matn keng oʻquvchilarni qamrab olish imkonini beradi.

Oʻzbekiston nashriyot amaliyotida birinchi marta kitob-albomlarda toʻldirilgan reallik texnikasi qoʻllanilib, oʻquvchiga toʻplam yoki muayyan mavzu haqida qoʻshimcha vizual maʼlumot olish imkonini beradi.

Kitoblarni topshirish marosimidan keyin Britaniya muzeyi direktori Mark Jons bilan alohida uchrashuv oʻtkazildi.

Suhbatdosh taqdim etilgan kitob-albomlar Britaniya muzeyining muhim eksponatlar qatoridan joy egallashiga umid bildirdi. Uning aytishicha, Britaniya muzeyi Oʻzbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor.

'Britaniya muzeyi nomidan Oʻzbekistonning moddiy madaniyatini namoyish etuvchi kitoblar turkumining ushbu ajoyib taqdimoti uchun minnatdorlik bildiraman. Ushbu manbalar bizning kolleksiyamizga qimmatli eksponat boʻladi va biz ularga ega boʻlishdan juda xursandmiz.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston muzeylari bilan hamkorlikka tayyormiz', dedi Mark Jons.

Muloqot davomida, shuningdek, Britaniya muzeyi negizida Oʻzbekiston madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ikki mamlakat muzeylari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar 2024-yil sentyabridan 2025-yil martigacha boʻlgan davrda Britaniya muzeyida tashkil etiladigan 'Ipak yoʻli' koʻrgazmasida Oʻzbekiston muzeylaridagi eksponatlarni namoyish etish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Britaniya muzeyi dunyodagi eng qadimiy, eng katta va eng koʻp tomoshabin tashrif buyuradigan muzeylardan biridir. Muzeyga 1753-yilda qirollik shifokori va sanʼat kollektori Xans Sloan tomonidan asos solingan. Umuman olganda, muzey koʻrgazmalarida umumiy uzunligi 4 km. boʻlgan 94 ta galereya mavjud. Hozirda Britaniya muzeyi qadimiy hashamatli kolleksiyalariga ega dunyodagi eng yirik tarixiy va arxeologik majmua hisoblanadi. Har yili muzeyga 5,5-6 million kishi keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
45
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan 300 dan ortiq avtobus texnik sinovdan o‘tkazilmagan

O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan avtobuslar 2018 yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmasdan odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov mazkur holat yuzasidan tushuntirish talab qilib, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga senator so‘rovini yubordi. https://senat.uz/controlactivity/post-1943  Qayd etilishicha, JV MAN Auto-Uzbekistan MCHJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan MAN A 22 CNG rusu

14 May 18:16
 
24
0
qalampir.uz

Kinoteatrda film namoyishi vaqtida yonidagi qizga shahvoniy harakatlar qilgan yigit qamaldi 

Toshkent shahridagi kinoteatrlardan birida “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi namoyishi vaqtida yonida o‘tirgan tanish qizga shahvoniy harakatlar qilgan 25 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 10 may kuni kinoteatr xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va zalda yigit yon o‘rindiqda o‘tirgan qizga jamoat joyida bo‘la turib har-xil shahvoniy harakatlar qilganini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘r

16 May 16:01
 
13
0
qalampir.uz

Sobiq bosh prokurorning qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka ega ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirovning Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida xabar berish loyihasi (Organized Crime and corruption reporting project, OCCRP) ma’lum qildi. Tovlamachilik va firibgarlikda ayblanib, O‘zbekiston hukumati tomonidan qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning Dubayda to‘rtta Marina Plaza ofisi borligi aniqlangan. 1,

16 May 16:21
 
12
0
qalampir.uz

“Farhod” bozorida sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal bo‘ldi (video)

Kecha, 15 may kuni “Farhod” bozorida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va sotuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal videosi ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Bunga Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 15 may kuni soat 11:00 larda “Farhod” dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan. Unda bozor ma’muriyati chaqiruviga asosan Milliy gvardiya va profilaktika inspektori yetib kelgan. Ular n